Toshkent moliya instituti m. S. Hojiyev, I. I. Meliyev, S. A. Djumanov moliyaviy hisobot auditi


- MAVZU. MOLIYAVIY HISOBOT AUDITINING MAQSADI VA UNING



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/111
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199664
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111
МОЛИЯВИЙ ХИСОБОТ АУДИТИ DARSLIK

1- MAVZU. MOLIYAVIY HISOBOT AUDITINING MAQSADI VA UNING 
ASOSIY TAMOYILLARI 
1.1. Moliyaviy hisobot auditi fanining maqsadi, vazifalari va me’yoriy-
huquqiy asoslari 
«Moliyaviy hisobot auditi» fani hozirgi rivojlangan iqtisodiyotda auditning 
o’rni va ahamiyati, iqtisodiy nazorat tizimida auditning roli, moliyaviy hisobotlarni 
hujjatli va haqiqiy tekshiruvlardan o’tkazishning xususiyatlari, iqtisodiy 
ma’lumotlarni umumlashtirib, tahlil qilib, real ma’lumotlarga ega bo’lish, 
korxonaning iqtisodiy ko’rsatkichlari va moliyaviy hisobotlari bo’yicha xulosa va 
takliflar berishda yetarli darajada bilimlarni beradi. Auditorlik faoliyatini 
rivojlantirish iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish sharoitida nihoyatda muhim 
hisoblanadi. Auditorlik tekshiruvida asosiy e’tibor moliyaviy hisobot auditiga 
qaratilib, bu o’z navbatida, moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarga ishonchli 
xulosa berishda o’z aksini topadi. 
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda moliyaviy hisobot auditining qonuniy-
me’yoriy asoslari tarkibida xalqaro auditorlik standartlari muhim o’rin tutib, u 
ushbu kasb bilan shug’ullanishning muayyan me’yorlarini belgilab beradi. Shu 
boisdan ham respublikamizda auditorlik faoliyatining milliy tizimini ishlab 
chiqishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Auditning milliy standartlarini ishlab 
chiqishda xalqaro audit standartlariga tayanilmoqda. Respublikamizda ishlab 
chiqilayotgan auditning milliy standartlari, avvalo, O’zbekistonda shakllangan 
iqtisodiy madaniyat va xo’jalik yuritish uslubiga mos kelishi lozim. 
“Moliyaviy hisobot auditi” fani talabalariga yirik xo’jalik yurituvchi 
sub’ektlarda auditorlik faoliyati xususida bilimlar berishga xizmat qiladi va mazkur 
fan magistratura ta’lim bosqichida auditorlik faoliyatiga qo’yilgan xalqaro talablar 
xusisida atroflicha bilim berishga xizmat qiladi. 
Ushbu fanning maqsadi – moliyaviy hisobot auditi bo’yicha mustahkam 
nazariy bilimlarni amaliy ko’nikmalarni shakllantirish hamda shu sohaga doir 
yangiliklar bilan yaqindan tanishishdir. «Moliyaviy hisobot auditi» fanini vazifalari
buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot va moliyaviy 



hisobotning boshqa shakllarini xalqaro audit standartlari asosida auditorlik 
tekshiruviga oid nazariy va amaliy masalalarni echish hisoblanadi. 
O’z navbatida, yuqoridagi ta’rifdan kelib chiqqan holda fanning ob’ektlari 
deganda fan aynan nima(ob’ekt)larni o’rganishini izohlash talab etiladi. Demak, 
moliyaviy hisobot auditi fanining ob’ektlari bo’lib, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda 
amalga oshirilgan xo’jalik muomalalari va moliyaviy hisobot ko’rsatkichlari 
hisoblanadi. Bunday ob’ektlar qatoriga xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning 
mulk(tovar-moddiy zahiralari, kapital va moliyaviy qo’yilmalari, asosiy vosita va 
nomoddiy aktivlari) va mablag’ (pul mablag’lari va qimmatli qog’oz)lari harakati 
bo’yicha muomalalar hamda mazkur muomalalarga oid moliyaviy hisobotlardagi 
ko’rsatkichlarni misol qilib keltirish mumkin. Mazkur fanning sub’ektlari deganda 
esa yuqorida ta’kidlangan fanning ob’ektlarini o’rganishda qatnashuvchilar, ya’ni, 
xo’jalik yurituvchi sub’ektlar mulk va mablag’laridan foydalanuvchilar, ular hisobi 
va nazoratini amalga oshiruvchilar tushuniladi. Quyidagi 1.1.–jadvalda moliyaviy 
hisobot auditining vujudga kelish tarixi keltirilgan. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin