Texnologiya umumiy о‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun dar
Ishlarni bajarish usullari. Ish boshlangunga qadar bajariladigan ope-
ratsiyalar, ishlov beriladigan materiallar va parmalanadigan teshiklarning
o‘lchamlariga qarab, shpindelning aylanishlar chastotasi aniqlanadi va
kerak li diametrdagi sozlangan parma tanlanadi. Tezlikni qayta ulagichni
burab, aylanishlar chastotasi rostlanadi. 200 ayl/daq aylanishlar chastota
-
si plastmassa, yog‘ochda diametri 9
mm gacha, po‘latda esa 3
mm gacha
bo‘lgan teshiklarni parmalash, 940 ayl/daq aylanishlar chastotasi po‘latda
diametri 9
mm gacha bo‘lgan teshiklarni katta yuklanish ostida parmalash
uchun mo‘ljallangan. Parma patronda puxta mahkamlangach, mahkamlash
kaliti mashina g‘ilofiga solib qo‘yiladi.
Ishlov beriladigan buyum yoki konstruksiya mahkamlanib, chiqindilar
-
dan tozalangach, parmalanadigan nuqta aniqlanadi. Po‘latni parmalashda
parmalanadigan joyga sovitish suyuqligi qanday kelishini tekshirish zarur.
Qayd etilgan ishlar bajarilgandan so‘ng shtepselli vilka rozetkaga tiqiladi va
himoya ko‘zoynagi taqiladi.
Ishni bajarish uchun o‘ng qo‘l bilan parmalash mashinasining asosiy
dastasidan, chap qo‘l bilan qo‘shimcha dastasidan ushlanadi. Parma uchi
to‘g‘ri burchak ostida parmalanadigan nuqtaga yo‘naltiriladi.
Ko‘rsatkich barmoq bilan uzib-ulagichning tugmasini bosib, mashina
ishga tushiriladi. mashinaning muntazam ishlashi uchun bosh barmoq bilan
fiksator tugmasi bosiladi.
Mashinani kerakli vaziyatda tutib turib, qo‘l va gavdani parmaning o‘qi
bo‘ylab ravon bosib, parmalanadi. Katta diametrli teshik ochishda avval ki
-
chik diametrli teshik parmalanishi lozim. Parmalash jarayonida chiqadigan
chang va qirindilarni ketkazish uchun parmani tez-tez teshikdan chiqarib
turish
zarur. Ikkinchi tomonda ham ochiq teshik parmalanayotgan bo‘lsa,
18
parma teshikdan chiqishig
a yaqin unga tushadigan bosimni kamaytirish
lozim.