56
Polimerlardan ro‘zg‘orda, turmushda, maktabda foydalaniladigan
buyumlar tayyorlash. Mevalar uchun taxtakach tayyorlash
Uy-ro‘zg‘or buyumlarini tayyorlashda turli xil
materiallardan foyda-
laniladi. Oshxona jihozlarini tayyorlashda metall, yog‘och,
plastmassalar
-
dan ko‘p foydalaniladi. Yog‘ochdan, asosan, oshxona jihozlari,
metalldan
idish-tovoqlar, plastmassadan lagan, tog‘oralar yasaladi.
Plastmassadan
sabzavotlarni to‘g‘rash uchun turli xil ko‘rinish va shakllarda taxtakach
tayyorlanadi. Plastmassa mahsulotlari bugungi kunda sanoatda ko‘p ishlab
chiqarilmoqda. Xalq hunarmandchiligi asosida ish usullarini o‘rganishda
nafaqat yog‘och namunalaridan, balki plastmassa
va boshqa mahsulotlar
-
dan foydalangan holda buyum yasash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunki
plastmassa mahsulotlariga bugungi kunda talabning ortganligi hamda unga
ishlov berish osonligini e’tiborga olish lozim. quyida sabzavot va
mevalar-
ni to‘g‘rash uchun mo‘ljallangan plastmassa taglikning texnologik xaritasi
berilgan. Texnologik xaritada ish ketma-ketligi, ish eskizi chizmasi, kerakli
asbob va moslamalar ko‘rsatilgan. texnologik xarita asosida taxtakachni
tayyorlab ko‘ring.
Dostları ilə paylaş: