70
Jihozlar
tokarlik vint qirqish stanogi.
3.4. MAHSULOT ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI
Texnika va konstruksiyalash elementlari. Buyumlarni tayyorlash:
loyihalash, o‘lchash, rejalash, biriktirish, pardozlash
mashina va mexanizmlarning bir bo‘lak
ashyodan yasalgan qismlari
detal lar deb ataladi. mashina va mexanizmlardagi detallar ikki guruhga bo‘-
linadi. Ko‘p mashinalarda qo‘llanadigan detallarni umumiy detallar, ayrim
mashinalardagina qo‘llanadigan detallarni esa maxsus detallar deyiladi.
Umumiy detallar (vintlar, gaykalar, boltlar va hokazolar) mashinaning
qismlarini biriktirish uchun, (vallar, tishli g‘ildiraklar, yulduzchalar, shkiv
-
lar va hokazolar) harakatni uzatish uchun xizmat qiladi.
Bolt
– olti qirrali yoki kvadrat shakldagi boshchali o‘zak bo‘lib, uning
bir qismi gaykani burab qo‘yish uchun rezbalangan bo‘ladi.
Shpilka
– ikki uchi rezbalangan o‘zak bo‘lib, uning bir uchi valning
asosiga
burab kiritiladi, ikkinchi uchi mustahkamlanadigan detalning te-
shigidan o‘tkaziladi va unga gaykani burab qo‘yiladi. ba’zi hollarda detallar
ikki uchiga gayka buraladigan shpilka bilan mustahkamlanadi.
Gayka
– rezba ochilgan teshikli detallar va u rezbali biriktirishga xizmat
qiladi.
Vint
– rezbali va boshchali o‘zak ko‘rinishidagi
mustahkamlovchi detal
bo‘lib, uning rezbali qismi detallardan birining ichidagi rezbaga burab kiritiladi.
Val
– mashinaning detali bo‘lib, burovchi momentni o‘z o‘qi bo‘yicha
ko‘chirish uchun, shuningdek, u bilan birga tanlanadigan detallarni tutib turish
uchun mo‘ljallangan o‘zi bilan birga yoki o‘z atrofida aylanadigan detallarni
tutib turishi va burovchi momentni uzatmasligi bilan valdan farq lanadi.
Shkiv
– tasmali uzatmaning keng g‘ildirak ko‘rinishidagi detaldir.
Podshipnik
– vallar, o‘qlar erkin aylanishini ta’minlaydigan tayanchning
qismidir. Ishlash prinsipiga ko‘ra sirpanish podshipniklari va dumalash pod
-
shipniklari bo‘ladi.