Temperament inson psixik faoliyatining xususiyati boʻlib, fiziologik
asosini, asab tizimining tiplari, oliy asab faoliyati qonuniyatlari tashkil etadi.
Temperament toʻrtta asosiy tipga ajratiladi: sangvinik (xushchaqchaq),
fligmatik (boʻshang, ogʻir), melanxolik (gʻamgin), xolerik (qiziqqon).
Temperament shaxsning bama’niligini; dunyoqarashi, nuqtai nazari,
e’tiqodi, qiziqishlari va hokazolarni koʻrsatuvchi belgi emas.
Hozirgi davrda temperament tiplarining psixologik ta’rifi senzitivlik,
reaktivlik, aktivlik, ta’sirlanish tezligi, labillik, dinamiklik, reaktivlik bilan
aktivlik munosabatlarning muvozanati, harakatning ravonligi, rigidlik (qotib
qolganlik), ekstrovertlik va introvertlik kabi xususiyatlariga asoslanib tuziladi.
Psixologiya fanida temperamentning oʻttizdan ortiq (ba’zan qirqdan koʻproq)
tipidan olingan. Amaliyotda esa asosan ekstrovert va introvert tiplari koʻproq
qoʻllaniladi. Shaxsni kasbga yoʻllash jarayonida temperamentning psixologik
ta’rifi berilishi shart.
Sangvinik
– juda faol, har bir narsaga ham qattiq kulaveradi, yolgʻon
dalillarga jahli chiqadi. Ob’yektlar, ma’ruzalar diqqatini tez jalb etadi. Imo –
ishorani koʻp ishlatadi, chehrasiga qarab kayfiyatini anglash olish qiyin emas.
Juda sezgir boʻlishiga qaramay kuchsiz ta’sir (qoʻzgʻatuvchilar)ni seza olmaydi,
sergʻayrat, ishchan, toliqmas. Faollik bilan reaktivlik munosabati muvozanatda,
intizomli, oʻzini tiya biladi, boshqara oladi. Xatti – harakati joʻshqin, nutq
sur’ati tez, yangilikni tez payqaydi, aql – idroki tiyrak, topqir, qiziqishlari,
kayfiyati, intilishlari oʻzgaruvchan. Koʻnikma va malakalarni tez egallaydi.
Koʻngli ochiq, dilkash, muloqotga (muomalaga) tez kirishadi. Hayoloti
(fantaziyasi) yuksak darajada rivojlangan, tashqi ta’sirlarga hozirjavob va
hokazo.
Xolerik
– sust senzitivlik xususiyatiga ega. juda faol va reaktiv.
Koʻpincha reaktivligi faolligidan ustun keladi. Betoqat, serzarda, tinimsiz.
Sangvinikka qaraganda silliqroq, ammo qotib qolgan.
335
Qiziqishlari, intilishlari barqaror, xatti – harakatida qat’iy lik mavjud.
Biroq, diqqatini bir ob’yektga toʻplashga qiynaladi. Nutq sur’ati tez va hokazo.
Dostları ilə paylaş: |