Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə173/186
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199869
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   186
KASBIY PSIXOLOGIYA Aripova 2019

Ongsizlik anglab bo‘lmaydigan
– aniq, ravshan anglash nazorati uchun 
predmet bo‘la olmaydigan ko‘plab psixik hodisalar to‘plami. Ongda har bir 
daqiqada bir vaqtning o‘zida cheklangan miqdordagi tasavvurlar bo‘lishi 
mumkin (o‘rtacha taxmin qilishlaricha 7+2). Bunda ushbu damdagi 
anglanmagan tasavvurlarni biz aniq ong zonasiga oson «chaqirishimiz» mumkin 
(«hohlaganing uchun eslading»), lekin juda ko‘plab psixik boshqarib turuvchilar 
(regulyatorlar) shunday ishlaydiki, bunda inson na faqat o‘z-o‘ziga hisob 
bermasligi mumkin, balki buni u hattoki hohlagan taqdirda ham uni qila 
olmaydi. Masalan, soatning aylana shakldagi siferblatini idrok qilayotganda 
bizning ko‘z qobig‘imizda aylana emas, balki ellips (agar soatga yondan 
qarasak) hosil bo‘lishi mumkin, biroq soat qanday holda tursa ham biz 
siferblatni «aylana» sifatida idrok qilamiz. Na faqat sub’ekt idroki tomonidan 
anglana olmaydigan, balki psixologiyada yangi shug‘ullanayotgan kishi uchun 
ham tushunarsiz bo‘lgan bu geometrik ma’nodagi hol psixika mexanizmlari 
tufayli ro‘y beradi (qarang: doimiylik idrok xossasi sifatid hissiyotlarning ba’zi 
qismlari («yaxshi», «madaniyatlilik» bilan sig‘isha olmaydiganlarini) ongdan 
siqib chiqariladi, lekin Z.Freyd ta’limotiga ko‘ra, ular hatti-harakatni sezilarli 
holda boshqarishda davom etaveradi va hattoki ichki ziddiyatlarga va asab 
kasallariklarini ham keltirib chiqaradi. Psixoanalizning (bu termin freydizm 
tomonidan mustahkam o‘rnashib qolgan, shuning uchun har qanday psixika 
tahlilini (analizini) psixoanaliz deb atamaslik kerak) psixoterapevtik amaliyoti 
shunga asoslanganki, siqib chiqarilgan hissiyotlarni topib anglash predmetiga 
aylantirish lozim. Bu psixoanalitikdan juda katta va o‘tkir mahoratni talab qiladi 
(o‘zini shunday deb hisolaydiganning ko‘pchiligi, afsuski, nafaqa bu borada 
malakasiz, balki manfaatparast hamdir). 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin