2.8-nazorat savoli. Faraz qilaylik, qaysidir bank po tensial mijozlarga ularning qarzni to‘lay olish layoqatini tek shirmasdan qarz berishni va’da qiladi. Qaysi toifa qarz oluv- chilar bunday taklifga jalb etiladi? Bunday bankning qarz bo‘yicha foiz stavkasi qarz oluvchining kredit tarixini tekshi radigan bank stavkasidan farq qiladimi? Javob: Qarzni to‘lay olish layoqatini tekshirmaydigan
bank, to‘lamaslik riski darajasi yuqori bo‘lgan qarz oluv-
chilarni jalb etadi. Yashovchanligini saqlab qolishi uchun
bunday bank foiz stavkalarini ancha yuqori o‘rnatishi
lozim.
2.9-nazorat savoli. Agar Siz moliyangiz xususida o‘zin gizning sug‘urta agentingiz maslahatidan foydalanishga qa ror qilsangiz, bunda komitent-komissioner muammosi yuza ga keladimi? Uni qanday yechish mumkin? Javob: Har bir sug‘urta agenti uning mijozi sug‘urta
polisini, garchi ushbu polis uning mijoziga kerak bo‘lmasa
ham sotib olishiga intiladi. Chunki agent undan komission
mablag‘ oladi. Sizlarning qiziqishlaringiz orasidagi kelish-
movchilikdan qochish uchun Siz xizmat to‘lovi qandaydir
moliyaviy mahsulotni sotishga emas, balki maslahat sifati-
ga bog‘liq bo‘lgan malakali maslahatchi maslahatidan foy-
dalanganingiz ma’qul.
2.10-nazorat savoli. Qarzga oid majburiyat, aksiya va hosilaviy (yasama) qimmatli qog‘ozlarning asosiy tavsiflari qanday? Javob: Qarzga oid instrumentlar pul qarzga oluvchi har
qanday xo‘jalik subyektlari tomonidan muomalaga chiqarila-
di. Aksiyalar – bu firma egalarining uning aktivlari bir qismi
-
ga egaligi to‘g‘risidagi talabini ifodalaydi. Hosilaviy (yasama)