Balans (balance sheet).
Firma balansi uning muayyan
vaqt oralig‘idagi aktivlarini (ya’ni, firma nimaga egalik qilsa,
shularni) va majburiyatlarini (ya’ni, barcha qarzlarini) aks
ettiradi. Aktivlar (assets) va majburiyatlar (liabilities) o‘rta-
sidagi farq kompaniyaning sof qiymatini (net worth) tashkil
etadi. Uni, shuningdek, o‘z (xususiy) kapitali (owners’ equi-
ty), deb ham ataydilar. Korporatsiyalarda sof qiymat aksi-
yadorlik kapitali qiymati (yoki netto-qiymat) deb ataladi.
Mamlakatimizdagi Buxgalteriya hisobi milliy standart-
lari (BHMS), AQShda esa qabul qilingan va buxgalteriya hi-
sobi bo‘yicha xalqaro standartlarni aks ettiradigan Buxgal-
teriya hisobi yuritishning umumiy prinsiplari va qoidalariga
(GAAP – generally accepted accounting principles) muvofiq
kompaniya balansida aks etilgan aktivlar, majburiyatlar
va xususiy kapital qiymati o‘zining boshlang‘ich qiymati-
ga (historical value) ko‘ra baholanishi kerak (ya’ni, dastlab
sotib olingan narxi bo‘yicha). Bu qoidalar Moliyaviy hisob
Stanlartlari bo‘yicha Kengash (AQSh) (Financial Accounting
Standard Board) tomonidan vaqti-vaqti bilan qayta ko‘rib
chiqiladi va o‘zgartirishlar kiritiladi. Aksiyalari AQSh fond
birjasida rasmiy sotuvga qo‘yilishini istagan har qanday xo-
rijiy va Amerika kompaniyasi hisobotlarni mazkur buxgal-
teriya hisobi standartlari asosida olib borishi va Qimmatli
qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha komissiyaga (SEC) moliyaviy
hisobot taqdim etgan holda, o‘z faoliyati yuzasidan munta-
zam hisobot berishi kerak.
11.2.1jadvalda “XYZ”
korporatsiyasining turli davrlar
misol uchun, 20x0 yil oxiriga va 20x1 yil oxiriga balansi
keltirilgan. Keling, avval 20x0 yil 31-dekabr holatiga, ya’ni
20x1 yil boshiga tuzilgan balans (uning soddalashtirilgan
shakli)
ni ko‘rib chiqamiz.