T.S.Malikov, N.H.Haydarov 15. Hamma hukumatlar o‘z yurtidagi narx (baho) dara-
jasiga muvofiq indekslangan obligatsiyalarni emissiya qilishi
lozimmi? Agar davlatning qarzi milliy valyuta birligida qayd
etilgan bo‘lsa, davlat fuqarolari uchun ularning davlat oliy
xizmatchilariga nisbatan axloqiy risk muammosi mavjudmi?
16. Sizning davlatingizdagi oliy ta’limni moliyalashtirish
tizimini tushuntirib bering. Bu jarayonda uy xo‘jaliklari,
ko‘ngilli notijorat tashkilotlari, shaxsiy firmalar va hukumat
qanday rol o‘ynaydi?
17. Sizning davlatingizdagi uy-joy qurilishini moliyalash-
tirish tizimini tushuntirib bering. Bu jarayonda uy xo‘jaliklari,
xususiy firmalar va hukumat qanday rol o‘ynaydi?
18. Sizning davlatingizdagi tadbirkorlikni moliyalashti-
rish tizimini tushuntirib bering. Bu jarayonda uy xo‘jalik-
lari, xususiy firmalar va hukumat qanday rol o‘ynaydi?
19. Sizning davlatingizdagi tibbiy izlanishlarni moli-
yalashtirish tizimini tushuntirib bering. Bu jarayonda
ko‘ngilli notijorat tashkilotlar, xususiy firmalar va hukumat
qanday rol o‘ynaydi?
20. Faraz qiling, fond bozorida faqat ikki turdagi aksiya
sotilmoqda va Siz barcha aksiyalar muomalasi o‘zgarish-
larini aks ettiruvchi indeks ishlab chiqmoqchisiz. Aytaylik,
davr boshida birinchi kompaniya aksiyalari 1 aksiyaga 20
dollardan sotilayotgan edi va 100 mln. aksiya muomala-
ga chiqarildi. Ikkinchi kompaniya aksiyalari 1 aksiyaga 10
dollardan sotila-yotgan edi va muomalaga 50 mln. aksiya
chiqarildi. Bir yildan so‘ng birinchi kompaniya aksiyalari
narxi 1 aksiyaga 30 dollarga ko‘tarilgan, ikkinchi kom-
paniya aksiyalari narxi 1 aksiyaga 2 dollargacha tushgan.
Ushbu bobda tushuntirilgan ikki xil uslubdan foydalanib,
fond bozorida kotirovka qanday o‘zgarganligini ko‘rsatuvchi
fond indeksini hisoblang. Bu ikki uslubdan qaysi biri Sizga
ko‘roq yoqdi va nima uchun (A ilovaga qarang)?