Moliya 185
III QISM. MOLIYAVIY HISOBOTLAR Aksariyat hollardagidek, barcha qarorlarni qabul qilish-
dagi kabi zamonaviy moliyaga daxldor qarorlarni qabul qilish-
da ham mas’uliyat, oxir-oqibatda ma’lum bir mas’ul shaxslar
zimmasiga yuklanadi. Xo‘sh, bunda ular birinchi navbatda,
nimalarga tayanib ish ko‘rishlari kerak? Albatta eng avva-
lo ma’lumotlar yoki dalillarga. O‘z navbatida, bularni qay-
erdan olish mumkin? Shu munosabat bilan ta’kidlash joiz-
ki, zamonaviy moliya bo‘yicha moliyaviy qarorlar qabul qi-
lish uchun mas’ul shaxslar turli kompaniyalarning iqtisodiy
faoliyati natijalari to‘g‘risidagi o‘zlarini qiziqtiradigan ma’lu-
motlarning aksariyat qismini aksiyadorlarga taqdim etiladi-
gan yillik va choraklik hisobotlar tarkibida chop etiladigan
standart moliyaviy hisobotlardan oladilar. Bu moliyaviy hiso-
botlar – balanslar, moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotlar
va pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotlar belgilangan tartib-qoi-
dalarga muvofiq tuziladi va ularni bilish moliya sohasidagi
har qanday mutaxassis uchun nihoyatda muhim hisoblana-
di. Ammo moliyaviy tahlilchilar buxgalterlar asosiy moliyaviy
ko‘rsatkichlarni hisoblayotganda asoslanadigan mezonlarni
ko‘r-ko‘rona qabul qilmaydilar va aksincha, ularga qarshilik
ko‘rsatadilar. Eng katta qarshilik aktivlar va majburiyatlar
qiy matini baholash mezonlari borasida bildiriladi.
O‘quv qo‘llanmamizning ushbu qismida biz dastlab,
moliyaviy hisobot-larning asosiy turlarini ko‘rib chiqamiz va
moliyaviy rejalashtirish jarayonida ulardan namuna sifatida
foydalanish imkoniyatlarini ko‘rsatib beramiz. Tushuntirish-
ni buxgalteriya hisobi bo‘yicha zamonaviy qoida va norma
(me’yor)larga umumiy sharh berishdan boshlaymiz. So‘ng ak-
tivlar va daromadlarning buxgalteriya bahosi bilan samarali
moliyaviy qarorlar qabul qilish uchun zarur asosiy iqtisodiy
konsepsiyalar o‘rtasida qanchalik katta farq borligini ko‘rsa-
tamiz. Undan keyin (oddiy) ishlab chiqarish kompaniyasining
so‘nggi bir necha yil davomidagi hisobotlaridan foydalangan
holda shu korxona uchun moliyaviy model tuzamiz. Nihoyat,
qisqa muddatli rejalashtirish va aylanma kapitalni boshqarish
masalalarini ko‘rib chiqamiz.