196
T.S.Malikov, N.H.Haydarov
k
o‘pincha, tez o‘sib kelayotgan va yuqori samarali firma
-
larga pul resurslari yetishmaydi. Demak, ularda o‘zlarining
moliyaviy majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq
muammo-
lar kelib chiqishi mumkin.
Bundan tashqari pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot daro-
mad va xarajatlarni faqat moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hi-
sobotga kiritilgan ko‘rsatkichlar asosida baholashga yo‘l
qo‘ymaydi. Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot “hisoblash
usuli” deb ataladigan buxgalteriya prinsipi asosida tuziladiki,
unga ko‘ra har qanaqa daromadni pul mablag‘lari tushumi,
deb bo‘lmaydi va har qanday xarajat ham – pulni sarflash hi
-
soblanmaydi
245
. Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda aks
ettirilgan
sof foyda summasi, ko‘p jihatdan kompaniyada shu
ko‘rsatkichni baholash uchun qabul qilingan yondashuvga
masalan, tovar-moddiy zaxiralarni baholash usullariga yoki
firmaning moddiy va nomoddiy
aktivlarga amortizatsiya his
-
oblashning normativ (me’yoriy) muddatlariga bog‘liq.
Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotda esa, unda ko‘rsatil-
gan ma’lumotlar firmada qabul qilingan hisob siyosatiga
bog‘liq emas. Shunday qilib, ushbu ikki hisobot o‘rtasidagi
farqni o‘rganar ekan, tahlilchi firmada qabul qilingan hisob
siyosati firmaning moliyaviy ko‘rsatkichlariga qay darajada
ta’sir qilishini aniqlashi mumkin.
Buni 11.2.3jadvalda keltirilgan “XYZ”
korporatsiyasi-
ning 20x1 yilgi pul oqimlari to‘g‘risidagi hisoboti misolida
ko‘rib chiqamiz.
11.2.3-jadval ma’lumotlarining ko‘rsatishicha, hiso-
botda pul oqimlari uchta bo‘limga ajratib ko‘rsatilgan. Bu
bo‘limlar a) operatsion (ishlab chiqarish) faoliyat, b) inves-
titsion faoliyat va v) moliyaviy faoliyatdan olinadigan pul
mablag‘lari kirimi va chiqimini ko‘rsatadi. Keling, endi
shu uchta bo‘limning har birini batafsil o‘rganib chiqishga
harakat qilaylik.
Operatsion (asosiy) faoliyat pul oqimlari eng avvalo, fir
-
ma o‘z mahsulotini sotishdan
tushgan pul tushumini ham-
245
“Hisoblash usuli”da daromadlar va xarajatlar kelib tushgan yoki
mablag‘ to‘langan sanadan qat’iy nazar yuzaga kelgan vaqtdagina aks et-
tiriladi. – Mualliflar eslatmasi.