Moliya 197
da materiallarga va mehnat haqini to‘lashga ketgan xara-
jatlarni aks ettiradi. E’tibor bering, “XYZ”
korporatsiyasi-
ning 20x1-yilda operatsion faoliyatdan olgan yakuniy pul
tushumlari 25,4 mln. so‘mni tashkil etgan. Bir vaqtning
o‘zida esa, sof foyda 23,4 mln. so‘mga teng bo‘lgan. Bu
o‘rinda quyidagi savolning tug‘ilishi tabiiy: bu farq qayer-
dan keldi?
11.2.3-jadval “
XYZ” korporatsiyasining 20x1-yilgi pul oqimlari to‘g‘risidagi hisoboti (soddalashtirilgan shakli) Xo‘jalik faoliyatidan pul mablag‘larining sof kirimi (chiqimi) Sof foyda
23,4
Amortizatsiya (+)
+30,0
Olinishi kerak bo‘lgan hisobvaraqlardagi summa
(debitorlik qarzlari)ning o‘zgarishi (-)
-10,0
Tovar-moddiy zaxiralar qiymatining o‘zgarishi (-)
-30,0
To‘lanishi kerak bo‘lgan hisobvaraqlardagi summa
(kreditorlik qarzlari)ning) o‘zgarishi (+)
+12,0
Ishlab chiqarish faoliyatidan olingan pul
mablag‘larining yakuniy harakati
25,4
Investitsion faoliyat natijasidagi sof pul oqimlarining kirimi (chiqimi) Asosiy vositalarga kapital qo‘yilmalar summasi
o‘zgarishi (-)
-90,0
Moliyaviy faoliyatdan sof pul oqimlarining kirimi (chiqimi) To‘langan dividendlar (-)
-10,0
Qisqa muddatli qarz summalarining o‘zgarishi (+)
+94,6
Pul mablag‘lari va bozor qimmatli qog‘ozlari
summasining o‘zgarishi
20,0
Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotda korporatsiyaning sof
foyda ko‘rsatkichi va uning asosiy faoliyati natijasida kelib
tushgan pul mablag‘lari o‘rtasida nima uchun farq borligini
ko‘rsatib beradigan to‘rtta modda (bo‘lim) bor. Ular quyi-
dagilardan iborat: