T.S.Malikov, N.H.Haydarov buriyatlar ko‘rsatilgan. Bular nominal qiymati 150,0 mln.
so‘m va to‘lash muddati 20x7-yil deb belgilangan obligatsi-
yalardir. Ushbu majburiyatlar bo‘yicha korporatsiya belgi-
langan yillik 8% stavkasini to‘laydi. Bu degani “XYZ” korpo
-
ratsiyasining
obligatsiyalarga doir foizlarni to‘lash bo‘yicha
har yillik xarajat 12,0 mln. so‘mni tashkil etadi, demakdir.
Bu xarajatlar “XYZ”
korporatsiyasi faoliyatining moliyaviy
natijalar to‘g‘risidagi hisobotida aks ettiriladi.
Korporatsiya balansidagi aks ettirilishi lozim bo‘lgan
ma’lumot-larning eng oxirgi kategoriyasi uning xususiy (ak-
siyadorlik) kapitalidir. Unga ko‘ra kapitalning to‘langan qis-
mi, ya’ni o‘tmishda oddiy aksiyalarni muomalaga chiqarish
natijasida olingan summa 200,0 mln. so‘mni tashkil etgan.
Kompaniya biznesini rivojlantirishga yo‘naltirilgan taqsim-
lanmagan (ushlab qolingan) daromad, ya’ni olingan foyda-
ning jami ko‘rsatkichi esa – 100,0 mln. so‘mga teng bo‘lgan.
Endi 20x0 31dekabrdan 20x1 yil 31dekabrgacha “XYZ”
korporatsiyasi balansida yuz bergan o‘zgarishlarni ko‘rib
chiqamiz. 11.2.1-jadvaldagi ma’lumotlardan ko‘rinib turib-
diki, mazkur davr oralig‘ida jami aktivlar 20%ga oshgan.
Shuningdek, to‘lanishi kerak bo‘lgan hisobvaraqlari bo‘yicha
qarzdorlik ham ortgan. Bir vaqtning o‘zida, qisqa muddatli
qarzlar bo‘yicha qarzdorlik 94,6 mln. so‘mga oshgan bo‘lsa,
uzoq muddatli qarz majburiyatlari summasi oldingidek, ya’ni
150,0 mln. so‘m miqdorida qolgan. Shu davr mobaynida ak-
siyadorlik kapitali ham 13,4 mln. so‘mga, ya’ni kompaniya
biznesni rivojlantirish uchun qoldirgan taqsimlanmagan sof
foyda summasiga teng miqdorda ortgan. Bu davrda yangi
aksiyalar chiqarilmagan. Shuning uchun kapitalning to‘lan-
gan qismi ko‘rsatkichi o‘zgarishsiz qolgan.