204
T.S.Malikov, N.H.Haydarov
3. Firma aksiyadorlik kapitali tuzilmasi to‘g‘risida ma’lu
mot.
Tushuntirish xatida aksiyalarga egalik qilish shartlari
bayon etiladi. Mazkur firma boshqa kompaniya tomonidan
“yutib yuborilishi” xavfini baholashda mazkur ma’lumot
ayniqsa, foydali hisoblanadi.
4. Asosiy operatsiyalar to‘g‘risida ma’lumotlar.
Agar
kompaniya boshqa kompaniyani sotib oladigan bo‘lsa (yoki
sotib olinsa), yoki unga oldin qo‘shilgan
firmani ajratib
chiqarsa (yoki o‘zi ajratilsa), uning moliyaviy ahvoli keskin
o‘zgaradi. Moliyaviy hisobotga tushuntirish xatida bunday
operatsiya oqibatlari batafsil bayon etiladi.
5.
Balansdan tashqari hisobvaraqlar.
Tushuntirish xati-
da ko‘pincha firma imzolagan, lekin balansda aks ettirilma
-
gan, ammo kompaniyaning moliyaviy holatiga katta ta’sir
ko‘rsatadigan moliyaviy shartnomalar bayon etiladi. Masa-
lan, hosilaviy instrumentlar bo‘yicha
shartnomalar, xusu-
san forvard shartnomalar, svoplar
va opsionlar ana shular
jumlasidandir. Ular odatda, turli moliyaviy shartnomalar
bo‘yicha risk darajasini kamaytirishga xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: