Moliya
205
12-BOB. MOLIYAVIY HISOBOTLARDAGI
FARQLANUVCHI HOLATLAR
12.1. Bozor va balans bahosi (qiymati) o‘rtasidagi farq
Buxgalteriya hisobi qoidalariga muvofiq ko‘rsatilgan
kompaniya aktivlari va aksiyadorlik
kapitali qiymati
balans
(bahosi) qiymati
(book value), deb ataladi. Kompaniya bit-
ta aksiyasining balans qiymati bu firmaning rasmiy balan
-
sida aks ettirilgan aksiyadorlik
kapitali umumiy summasini
(so‘mda) muomaladagi oddiy aksiyalar soniga bo‘lish nati-
jasida olingan qiymatdir
250
.
O‘quv qo‘llanmaning
oldingi bobida keltirilgan
11.2.1jadvaldan ko‘rinib turibdiki, “XYZ”
korporatsiyasi
aksiyalarining 20x1 yil oxiri holatiga balans qiymati (ba-
hosi) 313,40 so‘mni tashkil etgan. Ammo xuddi shu vaqtga
ularning bozor qiymati (bahosi) atigi 187,20 so‘mga teng
bo‘lgan. Investorlar “XYZ” korporatsiyasining bitta aksiyasi
uchun to‘lashga tayyor bo‘lgan
summa aynan shu summa
hisoblanadi. Ammo bu qiymat kompaniyaning rasmiy ba-
lansida aks ettirilmaydi.
Bu yerda quyidagi savollarning tug‘ilishi tabiiy – nima
sababdan aksiyalarning bozor va balans qiymati (bahosi)
ko‘rsatkichlari bir-biridan farq qiladi? Va mas’uliyatli moli-
yaviy qaror qabul qilishi lozim bo‘lgan
shaxs uchun bu qiy-
mat (baho)lardan qaysi biri muhimroq?
Ushbu masalalar juda muhim bo‘lganligi uchun ularni
batafsil o‘rganamiz.
Dastlab
shuni qayd etish lozimki, aksiyalarning bozor
qiymati (bahosi) doim ham ularning balans qiymati (bahosi)
ga mos kelmasligiga quyidagi ikkita asosiy sabab bor:
•
Balans qiymati firmaning barcha aktivlari va maj
buriyatlarini o‘z
ichiga olmaydi;
250
E’tibor bering, muomaladagi aksiyalar kompaniya portfelidagi o‘z
aksiyalarini, ya’ni korporatsiya chiqargan va shu korporatsiyaning o‘zi to-
monidan qayta sotib olingan aksiyalarni o‘z ichiga olmaydi.