T. S. Malikov moliya



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə151/193
tarix27.12.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#200010
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   193
Moliya 2018 (o\'quv qo\'llanma)

3.5
-
nazorat uchun savol
Kompaniyaning moliyaviy hisobotlariga ilova qilinadigan 
tushuntirish xatlari va eslatmalardan kompaniya to‘g‘risi-
dagi qanday foydali ma’lumotlarni olish mumkin?


Moliya
205
12-BOB. MOLIYAVIY HISOBOTLARDAGI 
FARQLANUVCHI HOLATLAR
12.1. Bozor va balans bahosi (qiymati) o‘rtasidagi farq
Buxgalteriya hisobi qoidalariga muvofiq ko‘rsatilgan 
kompaniya aktivlari va aksiyadorlik kapitali qiymati 
balans 
(bahosi) qiymati 
(book value), deb ataladi. Kompaniya bit-
ta aksiyasining balans qiymati bu firmaning rasmiy balan
-
sida aks ettirilgan aksiyadorlik kapitali umumiy summasini 
(so‘mda) muomaladagi oddiy aksiyalar soniga bo‘lish nati-
jasida olingan qiymatdir
250

O‘quv qo‘llanmaning oldingi bobida keltirilgan 
11.2.1­jadvaldan ko‘rinib turibdiki, “XYZ” korporatsiyasi 
aksiyalarining 20x1 yil oxiri holatiga balans qiymati (ba-
hosi) 313,40 so‘mni tashkil etgan. Ammo xuddi shu vaqtga 
ularning bozor qiymati (bahosi) atigi 187,20 so‘mga teng 
bo‘lgan. Investorlar “XYZ” korporatsiyasining bitta aksiyasi 
uchun to‘lashga tayyor bo‘lgan summa aynan shu summa 
hisoblanadi. Ammo bu qiymat kompaniyaning rasmiy ba-
lansida aks ettirilmaydi. 
Bu yerda quyidagi savollarning tug‘ilishi tabiiy – nima 
sababdan aksiyalarning bozor va balans qiymati (bahosi) 
ko‘rsatkichlari bir-biridan farq qiladi? Va mas’uliyatli moli-
yaviy qaror qabul qilishi lozim bo‘lgan shaxs uchun bu qiy-
mat (baho)lardan qaysi biri muhimroq?
Ushbu masalalar juda muhim bo‘lganligi uchun ularni 
batafsil o‘rganamiz.
Dastlab shuni qayd etish lozimki, aksiyalarning bozor 
qiymati (bahosi) doim ham ularning balans qiymati (bahosi)
ga mos kelmasligiga quyidagi ikkita asosiy sabab bor:
• 
Balans qiymati firmaning barcha aktivlari va maj­
buriyatlarini o‘z ichiga olmaydi;
250
E’tibor bering, muomaladagi aksiyalar kompaniya portfelidagi o‘z 
aksiyalarini, ya’ni korporatsiya chiqargan va shu korporatsiyaning o‘zi to-
monidan qayta sotib olingan aksiyalarni o‘z ichiga olmaydi.


206

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin