Moliya
201
Investitsion faoliyat munosabati bilan pul oqimlari aks
ettirilgan 11.2.3-jadvalning ikkinchi bo‘limida ko‘ramizki,
20x1yildavomida “XYZ” kompaniyasi yangi zavod binolari
va asbobuskunalar sotib olishga 90,0 mln. so‘m sarfla
gan
247
. Hisobotning uchinchi bo‘limida – moliyaviy faoliyat
natijasida pul oqimlari harakatida korporatsiya o‘z aksi-
yadorlariga dividend tariqasida pul shaklida 10,0 mln. so‘m
to‘lagan va 94,6 mln. so‘m miqdorida qarz olgan va o‘zining
qisqa muddatli qarzini ko‘paytirgan
248
.
Yuqorida bayon etilganlarga yakun yasab aytish mumkin-
ki, “XYZ” korporatsiyasining ishlab chiqarish, investi tsion va
moliyaviy faoliyati uning ixtiyoridagi pul mablag‘lari ga (pul-
lar va bozor qimmatli qog‘ozlari) ta’sir ko‘rsatishi
natijasida
ularning hajmi 20x1-yil oxiriga kelib, 20,0 mln. so‘mga osh-
gan. Bu summaga quyidagi tarzda erishilgan: ishlab chiqar-
mamlakatlari standartlariga muvofiq 535,0 mln. AQSh dollari miqdorida
daromad ko‘rsatgan. Bu safar to‘lanishi kerak bo‘lgan soliqlarni hisobga
olishga bo‘lgan turlicha yondashuv ana shunday tavofutga sabab bo‘lgan.
Hisob standartlari
AQShnikiga nisbatan qat’iy bo‘lmagan Xitoy, Avs
-
traliya va yana dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlari buxgalteriya hisobi
bo‘yicha xalqaro standartlar joriy etilishining tarafdoridirlar. Albatta, bun-
da uzoq kutishga to‘g‘ri kelish ehtimoldan xoli emas. Hatto butun
dunyo
yangi qoidalarni qabul qilsa ham, Vashington bunga tayyor bo‘lmasligi
mumkin. Chunki buning oqibatida jiddiy siyosiy muammolar yuzaga kel-
masligiga hech kim kafolat bera olmaydi.
Moliyaviy hisob qoidalari bo‘yicha mutaxassislarning fikrlariga ko‘ra,
AQShda yagona standartlar qabul qilinishi investorlarga sifatliroq va man-
tiqan izchil axborot olish imkonini beradi. Agar Qimmatli qog‘ozlar va bir-
jalar bo‘yicha Komissiya chet el firmalariga xalqaro standartlar asosida AQSh
fond birjalarida ro‘yxatdan o‘tishiga yo‘l qo‘yadigan bo‘lsa, shubha yo‘qki, o‘z
mamlakatining qat’iy qoidalariga rioya qiladigan AQSh kompaniyalari e’tiroz
bildiradilar. Lekin shunga qaramay,
AQShda ham, chet elda ham Qimmatli
qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha Komissiyaga xalqaro hisob standartlarini qabul
qilishga undash yo‘lida bosim o‘tkazish borgan sari kuchaymoqda. Chet el
kompaniyalarini listingga kiritishdan daromad olishga intilayotgan Nyu-York
fond birjasi bu talablarni qo‘llab-quvvatlamoqda.
247
Investitsion faoliyat pul mablag‘lari ekvivalenti bo‘lmagan uzoq
mud datli aktivlar va boshqa investitsiya obyektlarini sotib olish va sotish-
ni aks ettiradi. - Mualliflar eslatmasi.
248
Moliyaviy faoliyat o‘z kapitali va qarzga olingan kapital hajmi va
tuzil masining o‘zgarishiga olib keladi. - Mualliflar eslatmasi.