T. S. Malikov moliya


T.S.Malikov, N.H.Haydarov



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə156/193
tarix27.12.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#200010
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   193
Moliya 2018 (o\'quv qo\'llanma)

T.S.Malikov, N.H.Haydarov
lik stavkasini hisoblab chiqish (topish) kerak. Bu maqsadga 
erishish uchun biz quyidagi tenglamadan foydalanishimiz 
mumkin:
r =
Davr oxiriga 
aksiyaning 
narxi

Davr boshiga 
aksiyaning 
narxi
+
Pul ko‘rinishida 
to‘langan 
dividendlar
Davr boshiga aksiyaning narxi
Bu ko‘rsatkich 
umumiy (jami) aksiyadorlik daro-
madliligi,
deb ataladi 
(total shareholder returns).
Endi biz e’tiborimizni yana o‘zimiz tahlil qilayotgan 
“XYZ” 
korporatsiyasiga qarataylik. Fond bozori bo‘yicha 
ma’lumotlarni tekshirib, ko‘ramizki, 20x1-yil boshida kor-
poratsiya aksiyalarining bozor kursi bitta aksiyaga 20,0 
ming so‘mni tashkil etgan, yil oxirida dividendlar to‘langan-
dan keyin esa 18 720 so‘mgacha pasaygan. Bu davrda pul 
shaklida to‘langan dividendlar summasi 1,0 ming so‘mni 
tashkil etgan. Demak, 
“XYZ” 
korporatsiyasiga tikilgan 
(qo‘yilgan, joylashtirilgan) kapitalga daromadlilik stavkasi 
11,4%ni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich (qiymat) quyidagi hi-
sob-kitoblar asosida olingan:
Umumiy (jami) 
aksiyadorlik 
daromadliligi
=
18720 so‘m – 20000 
so‘m + 1000 so‘m
= – 0,114 yoki – 1,4%
20000 so‘m
Ammo odatda, korporatsiyalar faoliyati samaradorligi 
yana bir ko‘rsatkichdan foydalangan holda hisoblab chiqa-
riladi. Bu 
aksiyadorlik kapitali daromadliligi
normasi
yoki 
koeffitsiyenti
(ROE – return on equity)dir. ROE kompaniya 
sof foydasi summasi (qiymati)ni aksiyadorlik kapitalining 
balans qiymatiga bo‘lish orqali aniqlanadi:
ROE
=
Sof foyda
=
23,4 mln. 
so‘m
= 0,078 yoki 7,8%
Aksiyadorlik 
kapitali
300 mln. so‘m


Moliya
213
Shunday qilib, ko‘rib turibmizki, ROE yillik koeffitsi
-
yenti aksiyadorlar o‘z mablag‘ini kompaniyaning qimmatli 
qog‘ozlariga investitsiya qilishlari oqibatida olgan umumiy 
daromadlilik stavkasiga mos kelishi shart emas.

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin