Moliya 211
12.3. Aksiyadorlik daromadliligi va aksiyadorlik kapitali daromadliligi o‘rtasidagi farq Muayyan vaqt (chorak, yil, bir necha yil) oralig‘ida ak-
siyadorlarni eng umumiy tarzda yoki eng avvalo, nima
qiziqtiradi, deb o‘ylaysiz? Ha, balli, to‘g‘ri topdingiz: ularni
eng avvalo, shu davr oralig‘ida kompaniya faoliyati qancha-
lik muvaffaqiyatli bo‘lganligi qiziqtiradi. Shu bilan birga bu
jara yonda ular nimani istaydilar, degan navbatdagi savol-
ga nima deb javob bergan bo‘lur edingiz? Qoyil, bu savoln-
ing javobini ham to‘g‘ri topa oldingiz: haqiqatdan ham ular
eng avvalo, bitta narsani, ya’ni shaxsiy boyliklari shu davr-
da qancha ko‘payganini bilishni istaydilar. Bu savolga, o‘z
navbatida, endi qanday javob beramiz? Ya’ni muayyan davr-
da aksiyadorlar boyliklarining qanchaga ko‘payganligini qan-
day qilib aniqlash mumkin? Bu savol oldingi savollarimizga
nisbatan biroz bo‘lsa-da, murakkabroq savol-a? Shu bois,
Sizni hadeb qiynayvermasdan, unga o‘zimiz javob berib qo‘ya
qolaylik. Mana uning javobi: buning uchun ma’lum vaqt ora-
lig‘ida ular investitsiya qilgan kapital bo‘yicha daromadli-
paniyalarni ajratish, bozorga yangi turdagi tovarni chiqarish va shu kabi
qarorlar qabul qilinayotganda foydalaniladi.
Ko‘plab kompaniyalar, shu jumladan
AT&T, Quarker Oats, Briggs&Stratton va
Coca-Cola bugungi kunda boshqaruv samaradorligini
baholash uchun EVA ko‘rsatkichidan foydalanmoqdalar. Masalan, kapi-
talining katta qismi lokomotivlar, treylerlar, vagonlar, yuk mashinalari
parkini saqlash va begona yurt bo‘yicha harakatlanish huquqini sotib
olishga sarflanadigan CSX Corporation transport kompaniyasi mazkur
aksiyalarga kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish ma’lum xarajatlarni
keltirib chiqarishini tan olishga majbur bo‘ldi va iqtisodiy qarorlar qabul
qilishda buni albatta, inobatga olish zarur. Mazkur xarajatlar EVAni ino-
batga olgan holda ko‘rilishi tufayli korporatsiya ma’lum aksiyalarni so-
tish borasida samarali qaror qabul qilishga qodir bo‘ldi, bu kompaniya
samaradorligining sezilarli darajada ortishiga olib keldi va kompaniya ak-
siyalari bahosi ortdi, deb ma’lum qiladi CSX. Har aktsiya ustidan sof foyda
o‘sishi sur’ati (EPS) va kapital daromadligiga (ROE) nisbatan EVA shub-
hasiz rentabellikni baholashning ancha samaraliroq mezonidir. Ammo
shunday ekanligiga qaramay, iqtisodiy qo‘shilgan qiymatdan foydalanish
mohiyatan birmuncha o‘zgargan buxgalteriya hisobi metodining o‘zginasi
ekanini tan olish kerak.