T.S.Malikov, N.H.Haydarov
ekansiz, aslida Siz ishlab chiqarishda haqiqiy bahosi 60,0
mln. so‘m bo‘lgan resursni sarflaysiz.
Vaziyatga qarab bozor qiymati (bahosi) va balans qiy-
mati (bahosi) o‘rtasidagi farq juda katta bo‘lishi mumkin.
Masalan, agar so‘z pul mablag‘lari to‘g‘risida ketsa, farq de-
yarli bo‘lmaydi. Asosiy vositalar, ya’ni zavod inshootlari va
uskunalari to‘g‘risida ketganda esa, farq juda katta bo‘lishi
mumkin. Aslida shunday bo‘ladi ham. Demak, aktivlarning
bozor va balans qiymati (bahosi) o‘rtasidagi farq to‘g‘ridan
to‘g‘ri aktivlar turiga bog‘liq va moliyaviy qaror qabul qilish
jarayonida mumkin bo‘lsa, ularning aynan bozor qiymati
(bahosi)ni inobatga olish kerak.
Shuni alohida qayd etish kerakki, so‘nggi yillarda buxgal-
terlar hisobotlarni ko‘proq aktivlar va majburiyatlarning bozor
qiymati (bahosi) asosida olib bormoqdalar. Bu esa buxgalteri-
ya ma’lumotlaridan moliyaviy qaror qabul qilishda foydala nish
mumkinligidan dalolat beradi. Shu nuqtayi nazardan kor-
poratsiyalarning pensiya fondlariga kirgan aktivlari bugungi
kunda balanslarda dastlabki sotib olingan qiymati (bahosi)
bo‘yicha emas, balki o‘zining bozor qiymati (bahosi) bo‘yicha
aks ettirilishini aytishning o‘zi kifoya. Amaliyotda bozor narx-
larining joriy o‘zgarishini qayd qilish va ular asosida hisobot
tuzish uchun firmaning aktivlari va majburiyatlarini har kuni
qayta baholash jarayoni
joriy narxlar asosiyda qayta baho-
lash,
deb nom olgan
(marking to market).
3.6-nazorat uchun savol
Kompaniya aksiyalarining bozor bahosi odatda, ular-
ning balans qiymati (bahosi)dan farq qilishining sabablari
nimada?
12.2. Foydaning buxgalteriya va iqtisodiy mezonlari
Bozor va balans bahosi (qiymati) o‘rtasidagi farq foy-
da to‘g‘risidagi tasavvurga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Umumqabul qilingan ma’noda foyda – bu Siz ma’lum vaqt
Moliya
209
oralig‘ida sarflashingiz mumkin bo‘lgan summa bo‘lib,
shu bilan birga mazkur vaqt boshidagi boyligingiz darajasi
saqlab qolinadi. Boshqacha qilib aytganda, foyda – bu ke-
lib tushgan va Siz sarflashingiz mumkin bo‘lgan pul mab
-
lag‘i hajmi bo‘lib, natijada muayyan davr oxiriga kelib, shu
davr boshida qancha pulingiz bo‘lgan bo‘lsa, ixtiyoringizda
shuncha pul qoladi
251
. Keng ma’noda iqtisodiyot bo‘yicha
Nobel mukofoti laureati, taniqli ingliz iqtisodchisi
Jon R.
Xiks (John R. Hicks)
o‘zining mazkur muammoga bag‘ish-
langan klassik asari “Qiymat va kapital”da (Value and Capi-
tal) aynan shu ta’rifdan foydalangan va zamonaviy iqtisod-
chilar ham aynan shu ta’rifdan foydalanib kelmoqdalar
252
.
Bu o‘rinda shuni ham qayd etish lozimki, yuqoridagi tarzda
buxgalteriya hisobida qabul qilingan foydaga berilgan ta’rif
(income, earnings, profits)
aksiyalarning bozor kursi oshi-
shi yoki pasayishi yoki ma’lum vaqt (davr)da mulk bahosi
o‘zgarishi sababli olinmagan foyda yoki ko‘rilgan zararlarni
e’tiborga olmaydi.
Misol tariqasida quyidagi vaziyatni ko‘rib chiqishni tak-
lif etamiz. Faraz qilaylik, Sizning yil mobaynida olgan sof
mehnat haqingizning umumiy summasi 10,0 mln. so‘mni
tashkil etadi va Siz bu summani oilangizni boqishga sarf-
ladingiz. Ammo shu bilan birga aktivlaringizning umumiy
qiymati 6,0 mln. so‘mga pasayib ketdi, deylik. Umuman
olganda hech bir buxgalter bu pasayishni e’tiborga olmagan
bo‘lar edi. Chunki bu zarar potensial xarakterga ega. Saba-
bi, Sizning aktivlaringiz sotilmagan edi. Bir vaqtning o‘zida
har qanday iqtisodchi Sizga qiymat kamayishini foydangiz
hisoblanayotganida inobatga olinishi kerakligi aytgan bo‘lur
edi. Chunki u oilangizning iste’mol imkoniyatlariga ta’sir
qiladi. Axir endi bu imkoniyat yil boshidagiga nisbatan 6,0
mln. so‘mga qisqardi-ku! Demak, iqtisodchining nuqtayi
251
Bu “jaydari” fikrlarga munosabatingiz qanday? Ular o‘zlarining ni-
malari bilan foydaga nisbatan biz berib kelgan va ko‘nikib qolgan boshqa
ta’riflardan farq qiladi?
252
J.R.Hicks, Value and Capital, 2-nashr (New York: Oxford University
Press, 1946), 172-b.
|