T. S. Malikov moliya


T.S.Malikov, N.H.Haydarov



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə154/193
tarix27.12.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#200010
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   193
Moliya 2018 (o\'quv qo\'llanma)

T.S.Malikov, N.H.Haydarov
nazaridan qaraganda Sizning sof foydangiz hammasi bo‘lib 
4,0 mln. so‘mni tashkil etgan. 
Bundan tashqari buxgalteriyada foyda hisoblanayotgan-
da garchi soliqqa tortish maqsadida foydadan chegirib qolish 
sifatida qarz olingan kapital bo‘yicha foizlarni to‘lash bilan 
bog‘liq xarajatlarni hisobga olish mumkin bo‘lsa-da, shu bi-
lan birga xususiyatiga ko‘ra xuddi shunday xarajat – sarf-
langan o‘z kapitalini hisobga olish mumkin emas. Masalan, 
firma 20,0 mln. so‘m miqdorida foyda oldi, ammo shu bi
-
lan birga u o‘z faoliyatini moliyalashtirish maqsadida 500,0 
mln. so‘mlik aksiyadorlik kapitalidan foydalanganligi uchun 
10% ga teng daromadlilik stavkasidan kelib chiqqan holda 
xarajat qildi, deylik. Bu holda iqtisodiy nuqtayi nazardan 
u 30,0 mln. so‘m miqdorida zarar ko‘rgan (ya’ni 20,0 mln. 
so‘m – 500,0 mln. so‘m x 0,10 = - 30,0 mln. so‘m). Bu bux-
galteriya nuqtayi nazaridan foyda ijobiy bo‘lgan holda, firma 
o‘zining asosiy xarajatlarini, shu jumladan, o‘z aksiyadorlik 
kapitalidan foydalanish bo‘yicha xarajatlarni qoplashga qodir 
bo‘lmagan vaziyatga yaqqol misol bo‘la oladi
253
.
253
Nisbatan yaqinda AQShning bir necha korporatsiyalari tomonidan 
kompaniya faoliyati samaradorligini baholash uchun yangi mezon qa-
bul qilindi. U 
iqtisodiy qo‘shilgan qiymat
(EVA – economic value added) 
deb nomlandi. Ushbu mezon Stern Stewart & Co kompaniyasi tomoni-
dan ishlab chiqilgan. Uning asosiy afzalligi shundaki, mazkur ko‘rsatkich 
aniqlanayotganda kompaniyaning o‘z kapitalidan foydalanishdagi vaqt 
xarajatlari hisobga olinadi. Aniqroq qilib aytganda, EVA bu sof foyda (asli-
da unday emas) (soliqlar to‘langandan keyingi ishlab chiqarish foydasi) 
bilan uni olish uchun foydalanilgan kompaniyaning o‘z kapitali qiymati 
o‘rtasidagi farqdir. Kapitaldan foydalanish qiymati firma investorlari, ya’ni 
ham kreditorlar, ham aksiyadorlar bilan hisob-kitob qilish uchun zarur 
bo‘lgan minimal daromadlilik stavkasi asosida aniqlanadi. O‘z kapitalidan 
foydalanish qiymatini aniq belgilab, uni aniqroq taqsimlash va kompani-
yaning iqtisodiy bo‘linmalari orasida qay biri foyda bilan ishlayotgan filial-
lar hisobidan mablag‘ bilan ta’minlanayotgan norentabel bo‘linma ekanini 
aniqlash mumkin. Mazkur ko‘rsatkich kompaniya menejerlariga qiymat 
aynan qayerda hosil bo‘layotganini (yaratilayotganligini) aniqlash imkoni-
ni beradi. Bu esa mablag‘larni yanada samarali boshqarishni ta’minlaydi. 
EVA va 
bozor qo‘shilgan qiymati
(MVA – market value added) deb atalgan 
yana bir mezondan yangi firmalarni sotib olish, oldin sotib olingan kom-



Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin