T.S.Malikov, N.H.Haydarov
•
Firmaning rasmiy balansiga kiritilgan aktivlar va
majburiyatlar ko‘p hollarda joriy bozor qiymati bo‘yicha
emas, balki dastlabki qiymati bilan baholanib, ulardan
amortizatsiya chiqarib tashlanadi.
Endi asosiy e’tiborimizni ana shu ikkala sababni bataf-
sil ko‘rib chiqishga qaratamiz.
Birinchidan, buxgalteriya balanslarida ko‘pincha, muhim
iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan aktivlar qayd etilmaydi.
Xususan, kompaniya ishlab chiqaradigan tovarlar sifati va
ishonch liligi orqasida kompaniya orttirgan obro‘ ularda aks
ettirilmaydi. Shuningdek, agar firma ilmiytexnik taraqqiyot
-
ga katta mablag‘ sarflab, ma’lum ilmiy baza yaratishga erish
-
gan bo‘lsa, bu ham balansda o‘z ifodasini topmaydi. Yuqori-
da tilga olingan aktivlar
nomoddiy aktivlar
(intangible as-
sets), deb ataladi va ayonki, ular firmaning bozor qiymati
(bahosi) oshishiga ko‘p jihatdan ta’sir qiladi va ular moliyaviy
qaror qabul qilishda e’tiborga olinishi kerak.
Buxgalterlar o‘z firmasi balansiga ba’zi nomoddiy ak
-
tivlarni kiritadilar. Ammo bu narsa ularning bozor qiymati
(bahosi) bo‘yicha amalga oshirilmaydi. Masalan, firma bosh
-
qa firmadan patent sotib olsa, patent qiymati (bahosi) balans
aktivining tegishli qismida aks ettiriladi va unga amortizatsi-
ya ajratmalari (chegirmalari) hisoblanadi. Bundan tashqari
kompaniya boshqa kompaniyani uning balans qiymati (ba-
hosi)dan qimmat (yuqori) bahoda sotib olsa, buxgalter sotib
oluvchi firma balansiga nomoddiy aktivni qo‘shadi. Bu aktiv
gudvil
yoki
firmaning ishbilarmon sifatida obro‘si
(good-
will), deb ataladi. Firmaning ishbilarmon sifatida obro‘si –
bu u sotib olingan bozor qiymati (bahosi) va uning balans
qiy mati (bahosi) o‘rtasidagi farqdan iboratdir. Ammo yuqori-
da tilga olingan, buxgalteriya balansida aks ettiriladigan no-
moddiy aktivlardan farqli o‘laroq, ko‘plab boshqa aktivlar
borki, ular buxgalteriya balansida qayd etilmaydi.
Bundan tashqari buxgalteriya balanslarida firma uchun
iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan uning ko‘plab majburiyat-
lari aks ettirilmaydi. Masalan, balansda firma sud jarayoni
-
da javobgar sifatida qatnashayotgani o‘z ifodasini topmaydi.
Moliya
207
Bunday shartli majburiyatlarning mavjudligi va ularning
hajmi nari borsa, moliyaviy hisobotga ilovada ko‘rsatiladi.
Keling, endi moliyaviy qarorlar qabul qilish jarayonida
baho (qiymat)larning qaysi biri inobatga olinishi kerakli-
gini ko‘rib chiqamiz – bozor bahosi (qiymati)mi yoki balans
bahosi (qiymati)? Deyarli barcha hollarda bozor bahosi (qiy-
mati) hisobga olinadi. Masalan, faraz qilaylik, “Alfa” kom-
paniyasi bundan uch yil avval 39,0 mln. so‘mga kompyu-
terlar uchun sistema bloki korpuslari ishlab chiqaradigan
uskuna sotib oldi va bugungi kunga kelib, ushbu uskuna-
ning balansi qiymati (bahosi) uch yillik amortizatsiyani ino-
batga olganda 26,0 mln. so‘mga teng. Ammo zamonaviy
ishlab chiqarish jarayonida yuz berayotgan kompyuter kor-
puslari ishlab chiqarish texnologiyasidagi o‘zgarishlar sa-
babli ushbu uskunaning bozor qiymati (bahosi) 12,0 mln.
so‘mdan oshmaydi.
Endi faraz qiling, Siz eski uskunani zamonaviy usku-
naga almashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilishingiz kerak.
Xo‘sh, bunda taqqoslash uchun qaysi qiymat (baho)ni ino
-
batga olish kerak? Agar soliq to‘lash masalasini hisobga
olmasak, bizga iqtisodiy nazariyaning asosiy prinsiplaridan
ma’lumki, aktivlarning haqiqiy qiymati (bahosi)ni ulardan
foydalanishning eng yaxshi muqobil varianti ko‘rsatib bera-
di. Ayonki, ushbu muqobil qiymat (baho) balansda ko‘rsa-
tilgan qiymat (baho)ga nisbatan uskunaning bozor qiymati
(bahosi)ga (12,0 mln. so‘m.) eng yaqin qiymat (baho)dir.
Boshqa bir misol. Bu safar pech ishlab chiqarish uchun
mis tovar-moddiy zaxiralari bilan bog‘liq vaziyatni ko‘rib
chiqamiz. Aytaylik, yil boshida Siz mis uchun 29,0 mln.
so‘m to‘ladingiz. Ammo bugungi kunga kelib, uning bozor
qiymati (bahosi) 60,0 mln. so‘mgacha ko‘tarildi. Navbatda-
gi ishlab chiqarish qarorini qabul qilishda ushbu ko‘rsat-
kichlarning qaysi biriga asoslanish to‘g‘ri bo‘ladi? Bu holda
ham dastlabki narx (29,0 mln. so‘m) e’tiborga olinmaydi.
Bu paytga kelib Siz misni sotib yuborgan bo‘lishingiz mum-
kin. Yangi partiyani esa faqat 60,0 mln. so‘mga sotib olsan-
giz bo‘ladi. Shunday qilib, sotib olingan metallni ishlatar
|