Moliya
199
ko‘rsatkichdan 10,0 mln. so‘m (debitorlik qarzining ortishi)
ni ayirib tashlash kerak.
Bundan tashqari hisobotda tovar-moddiy zaxiralar qiy-
matining 30,0 mln. so‘m miqdorida ortgani qayd etilgan. Bu
tovar-moddiy zaxiralarning yil oxiridagi qiymati shu davr-
ning yil boshidagi qiymatidan 30,0 mln. so‘mga ko‘p, dega-
nidir. Demak, xomashyo sotib olish va (yoki) tovar-mod-
diy zaxiralarga kiritilgan tovar ishlab chiqarishga 30,0 mln.
so‘m sarflangan va bu xarajatlar sof foyda hisoblanayotgan
-
da inobatga olinmagan.
Shunday qilib, sof foyda ko‘rsatki-
chi asosida operatsion faoliyatdan olingan tushum ko‘rsat-
kichiga ega bo‘lish uchun birinchi ko‘rsatkichdan 30,0 mln.
so‘m (ya’ni, 20x1-yilda tovar-moddiy boyliklar qiymati oshi-
shi)ni ayirib tashlash kerak.
Hisobotning to‘rtinchi moddasi (bo‘limi)da to‘lanishi ker-
ak bo‘lgan summa (kreditorlik qarzi)ning 12,0 mln. so‘mga
oshgani aks ettirilgan. Bu son “XYZ”
korporatsiyasining hi-
sobot yilida sotilgan tovarlari tannarxi (110,0 mln. so‘m)
va unga mahsulot (mol) yetkazib beruvchilar va xodimlar-
ga to‘langan pul miqdori (hajmi) o‘rtasidagi farqni o‘zida
mujassam etadi. Sof foyda hisoblanayotganda 110,0 mln.
so‘m to‘liqligicha chiqarib tashlanadi. O‘z navbatida, ope-
ratsion faoliyatdan kelgan pul oqimlari hisoblanayotganda
esa firma haqiqatda to‘lagan faqat 98,0 mln. so‘m chiqarib
tashlanadi. Shunday qilib, sof foyda ko‘rsatkichi
asosida
ishlab chiqarish faoliyatidan olingan tushum ko‘rsatkichiga
ega bo‘lish uchun sof foyda summasiga 12,0 mln. so‘mni
qo‘shish kerak.
Shunday qilib
,
amin bo‘ldikki, ishlab chiqarish faoliyati-
dan olinadigan pul tushumlari ko‘rsatkichi bilan kompani-
yaning sof foydasi mos keladi, deb ta’kidlash uchun bizda
hech bir asos yo‘q. Ularni bir-biriga moslashtirish uchun sof
foydani, biz yuqorida muhokama etgan hisobotning to‘rtta
moddasi (qismi)ni hisobga olgan holda to‘g‘rilash kerak.
Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot “hisoblash metodi” aso-
sida turli hisob yuritish standartlari qo‘llaniladigan turli
mamlakatlarda o‘z sof foydasi
yuzasidan hisobot beradi-