3.2-nazorat uchun savol
Agar yil davomida “XYZ”
korporatsiyasi qo‘shimcha 50,0
mln. so‘mlik uzoq muddatli obligatsiyalarni muomalaga
chiqarib, olingan mablag‘ni o‘z aktivlarining tegishli qismiga
– pullar va bozor qimmatli qog‘ozlariga – kiritganida, korporat-
siyaning balansi yil oxiriga kelib qanday o‘zgargan bo‘lar edi?
Moliya
193
Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot.
Moliyaviy
natijalar to‘g‘risidagi hisobotda ma’lum vaqt oralig‘ida firma
samaradorligiga umumiy baho beriladi. Biz o‘rganayotgan
misolda bu davr 1 yilga teng. Buning uchun foyda (income,
profit, earnings), deb ataladigan asosiy moliyaviy ko‘rsat
-
kichdan foydalaniladi. Foyda – bu kompaniyaning daroma-
di va xarajatlari o‘rtasidagi farq. 11.2.2-jadvalda keltirilgan
hisobotda 20x1yilda “XYZ”
korporatsiyasi tovarlarini so-
tishdan kelgan tushum (daromad) 200,0 mln. so‘mni, sof
foyda – 23,4 mln. so‘mni tashkil etgani ko‘rsatilgan.
11.2.2-jadval
“XYZ”
korporatsiyasi faoliyatining 20x1-yil-
dagi moliyaviy natijalari to‘g‘risida hisoboti
(soddalashtirilgan shakli)
(mln. so‘mda)
Sotishdan olingan daromad (tushgan tushum)
200,0
Sotilgan (realizatsiya qilingan) mahsulot tannarxi
(110,0)
1
Yalpi foyda
90,0
Umumiy xarajatlar, mahsulot sotish xarajatlari
va ma’muriy xarajatlar (GS&A) (davr xarajatlari)
(30,0)
Asosiy faoliyatdan olingan foyda
60,0
Obligatsiyalar bo‘yicha foizlarni to‘lash xarajatlari
(21,0)
Soliqqa tortiladigan foyda
39,0
Foyda solig‘i
(15,6)
Sof foyda
23,4
Bir aksiyaga hisoblaganda sof foyda (muomalada
1 mln. aksiya)
23,4
Sof foydaning taqsimlanishi:
To‘langan dividendlar
10,0
Taqsimlanmagan foydaning o‘zgarishi
13,4
11.2.2-jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib tu-
ribdiki, “XYZ”
korporatsiyasining xarajat moddalari to‘rtta
asosiy kategoriyaga bo‘lingan. Birinchi guruhga 110,0 mln.
so‘mni tashkil etgan sotilgan (realizatsiya qilingan) mahsu-
lot tannarxi kiritilgan. Bu korporatsiyaning joriy yilda sotil-
|