T.S.Malikov, N.H.Haydarov larga almashtirilishi mumkin. Ammo standart hujjatlar –
moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot va balansning asosiy
afzalligi shundaki, ular bilan ishlaydiganlar odatda, profes-
sional tayyorgarligi va maxsus ma’lumotga ega bo‘lganliklari
tufayli mazkur hujjatlar bilan yaxshi tanish bo‘ladilar.
3.1-nazorat uchun savol Moliyaviy hisobotlarning uch asosiy funksiyalari nima-
lardan iborat?
11.2. Moliyaviy hisobot turlari Moliyaviy hisobotlarning asosan, quyidagi uchta turi
mavjud (11.2.1-chizma).
Moliyaviy hisobot turlari Balans
Moliyaviy natijalar
to‘g‘risida hisobot
Pul oqimlari
to‘g‘risida hisobot
11.2.1-chizma. Moliyaviy hisobot turlari Moliyaviy hisobotlarning uchta turi nimadan iboratligini
aniq tushuntirib berish uchun misol tariqasida, “XYZ”
kom-
paniyasiga tegishli bo‘lgan ma’lumotlardan foydalanamiz.
Aytaylik, “XYZ”
- bu 10 yil avval tashkil etilgan kompaniya.
U kundalik ehtiyoj mollari ishlab chiqarish va ularni sotish
bilan shug‘ullanadi.
Kitobimizning keyingi o‘rinlarida navbatma-navbat kel-
tirilgan 11.2.1, 11.2.2 va 11.2.3jadvallarda “XYZ”
kom-
paniyasining balansi (balance), bu kompaniya faoliyatining
moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisoboti
243
(income state-
ment) va uning pul oqimlari to‘g‘risidagi hisoboti (cash flow
243
Uni shuningdek, chet el amaliyotida foyda va zararlar to‘g‘risida
hisobot, deb ham ataydilar.
Moliya 189
statement) keltirilgan. Ular dunyo taraqqiy etgan mam-
lakatlarining har qanday ishlab chiqarish kompaniyasi
uchun xos. Quyida moliyaviy hisobotlarning har bir turi
bilan batafsilroq tanishib chiqishni taklif etamiz.