Moliya
183
7. Tasavvur qilingki, Siz ko‘chmas
mulkka kapital sarf-
layapsiz. Sizning umumiy sarmoyangiz 100 000 dollarni
tashkil etadi. Siz bu ishga 20 000 dollar o‘z mablag‘ingizni
sarfladingiz, bankdan 80 000 dollar qarz oldingiz. Ushbu
venchur korxona bo‘yicha kim risk qiladi va nima uchun?
8. Siz AQShda yashaysiz va bugun Germaniyaga yarim
yilga sayohatga jo‘namoqchisiz.
Hozirgi paytda Siz yevro-
ning qayd qilingan kursi bo‘yicha 1 yevro uchun 0,75 dol-
lardan 6 oydan so‘ng sotib olish uchun opsion olishingiz
mumkin. Bunday opsion nimasi bilan sug‘urta polisini es-
latadi?
9. Axloqiy risk muammosi biror loyihani moliyalashti-
rish uchun mablag‘ olishga qanday xalaqit
berishi mumkin-
ligi bo‘yicha misol keltiring. Bu muammoni yechish usuli
bormi?
10. Noqulay tanlov muammosi biror loyihani moli-
yalashtirish uchun mablag‘ olishga qanday xalaqit berishi
mumkinligi bo‘yicha misol keltiring. Bu muammoni yechish
usuli bormi?
11. Komitent-komissioner muammosi biror loyihani
moliyalashtirish uchun mablag‘
olishga qanday xalaqit be-
rishi mumkinligi bo‘yicha misol keltiring. Bu muammoni
yechish usuli bormi?
12. Nega biror davlatning pochta markalari qog‘oz pullar
singari samarali to‘lov vositalari kabi xizmat qila olmaydi?
13. Agar men qalbaki dollar bosib chiqarsam va biror
qimmatbaho tovar yoki xizmat uchun to‘lasam, kim zarar
ko‘radi?
14. Ba’zi olimlar fikriga ko‘ra kelgusida to‘lov
vositasi
bo‘lib xizmat qiladigan narsa to‘g‘risidagi prognoz (basho-
rat) tuzish uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan yagona me-
zon bo‘lib, ushbu to‘lov vositasini ishlab chiqarish va u ning
haqiqiyligini tekshirish uchun sarflanadigan real resurs
xarajatlari hisoblanadi. Ushbu fikrga qo‘shilsak, Sizning
cha, nima kelajak pullari bo‘ladi?