T. S. Malikov moliya


T.S.Malikov, N.H.Haydarov



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə138/193
tarix27.12.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#200010
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   193
Moliya 2018 (o\'quv qo\'llanma)

T.S.Malikov, N.H.Haydarov
11-BOB. MOLIYAVIY HISOBOT FUNKSIYALARI VA 
ULARNING TURLARI
11.1. Moliyaviy hisobot funksiyalari 
Moliyaviy hisobotlar tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan 
funksiyalarni chizmada quyidagicha aks ettirish mumkin 
(11.1.1-chizma).
Moliyaviy hisobotlar funksiyalari
Firmaning egalari 
va kreditorlariga 
firmaning joriy 
moliyaviy ahvoli 
hamda o‘tgan 
davrda uning 
faoliyati qanchalik 
samarali bo‘lgani 
to‘g‘risida 
ma’lumot berish 
Firma egalari va 
kreditorlariga 
kompaniya faoliyati 
samaradorligining 
asosiy reja ko‘rsat-
kichlarini aniqlash 
va menejerlar 
faoliyatini tartibga 
solish
 
imkonini 
berish 
Qulay 
shablon-
modellar 
tuzish va 
ulardan 
moliyaviy 
rejalashtirish 
jarayonida 
foydalanish 
11.1.1-chizma. 
Moliyaviy hisobotlar funksiyalari
Demak, 11.1.1-chizmadan ko‘rinib turibdiki, eng umu-
miy tarzda qayd etiladigan bo‘lsa, moliyaviy hisobotlar uch-
ta muhim iqtisodiy funksiyani bajaradi. Ularning birinchisi 
shundan iboratki, unga ko‘ra m
oliyaviy hisobotlar firma-
ning egalari va kreditorlariga firmaning joriy moliya viy ah
­
voli hamda o‘tgan davrda uning faoliyati qanchalik samarali 
bo‘lgani to‘g‘risida ma’lumot beradi.
Shunday bo‘lsa-da, bu o‘rinda shuni qayd etish joiz-
ki, firmaning moliyaviy hisobotlarida kamdan kam hollarda 
uning faoliyati qanchalik samarali bo‘lganini to‘liq baho-
lash uchun zarur ma’lumot bo‘lishi mumkin. Ammo hi-
sobotlar manfaatdor shaxslarni kompaniya faoliyatining 
qaysi jihatlarini, ayniqsa, o‘ta sinchkovlik bilan tahlil qi-


Moliya
187
lish kerakligi to‘g‘risida muhim ma’lumot bilan ta’minlashi 
mumkin. Moliyaviy hisobotlarni batafsil o‘rganib, firmani 
boshqarishda qo‘lga kiritilgan yutuqlar va yo‘l qo‘yilgan xa-
tolarni ko‘rish, ba’zida esa firibgarliklarni aniqlash mum
-
kin. Ularning naqadar muhim ekanligini anglash uchun 
Hisob Palatasi, Moliya vazirligi, Soliq qo‘mitasi, tarmoq yoki 
soha vazirliklari qoshidagi Nazorat-taftish boshqarmalari, 
auditorlik xizmatlari va hokazolar tomonidan taqdim eti-
ladigan materiallarga ko‘z tashlashning o‘zi yetarli. Xuddi 
shunday maqsad bilan OAV tomonidan e’lon qilinayotgan 
ma’lumotlarga e’tibor berishning o‘zi ham juda ko‘p narsani 
ko‘rsatishi mumkin. 
11.1.1-chizmada ko‘rsatilishicha, moliyaviy hisobotlar-
ning ikkinchi funksiyasi 
firma egalari va kreditorlariga kom
­
paniya faoliyati samaradorligining asosiy reja ko‘rsatkichla-
rini aniqlash va menejerlar faoliyatini tartibga solish imkoni
­
ni berish hisoblanadi.
Direktorlar kengashi moliyaviy hisobotlardan kom-
paniya samaradorligining rejadagi ko‘rsatkichlari borasida 
muayyan maqsadni belgilash uchun foydalanadi. Masalan, 
ular balans daromadliligi yoki kapital daromadliligi koeffi­
tsiyenti (ROE) uchun aniq o‘sish sur’atini belgilagan holda
muayyan maqsad qo‘yishi mumkin. Shuningdek, kreditor-
lar firma boshqaruvchilari oldiga joriy aktivlar va joriy maj­
buriyatlar nisbati koeffitsiyenti kabi kutilgan ko‘rsatkich
-
ni maqsad qilib qo‘ygan holda, ularning xatti-harakatlarini 
cheklab qo‘yishlari ham mumkin.
Moliyaviy hisobotlarning navbatdagi funksiyasi 11.1.1-chiz-
mada ko‘rsatilganidek, 
qulay shablon-modellar tuzish va ular
­
dan moliyaviy rejalashtirish jarayonida foydalanishdir. 
O‘z kompaniyalari uchun ma’lum davr bo‘yicha moli-
yaviy natijalar to‘g‘risida dastlabki hisobotlar, balans va pul 
oqimlari to‘g‘risida hisobotlarni tayyorlar ekanlar, mene-
jerlar alohida rejalar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni nazorat 
qi lishlari va firmaning moliyaviy mablag‘larga bo‘lgan 
umumiy ehtiyojini aniqlashlari kerak. Rejalashtirish jarayo-
nida ushbu standart moliyaviy hisobotlar boshqa shablon-


188

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin