T. S. Malikov moliya



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə140/193
tarix27.12.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#200010
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   193
Moliya 2018 (o\'quv qo\'llanma)

Balans 
(balance sheet).
 
Firma balansi uning muayyan 
vaqt oralig‘idagi aktivlarini (ya’ni, firma nimaga egalik qilsa, 
shularni) va majburiyatlarini (ya’ni, barcha qarzlarini) aks 
ettiradi. Aktivlar (assets) va majburiyatlar (liabilities) o‘rta-
sidagi farq kompaniyaning sof qiymatini (net worth) tashkil 
etadi. Uni, shuningdek, o‘z (xususiy) kapitali (owners’ equi-
ty), deb ham ataydilar. Korporatsiyalarda sof qiymat aksi-
yadorlik kapitali qiymati (yoki netto-qiymat) deb ataladi.
Mamlakatimizdagi Buxgalteriya hisobi milliy standart-
lari (BHMS), AQShda esa qabul qilingan va buxgalteriya hi-
sobi bo‘yicha xalqaro standartlarni aks ettiradigan Buxgal-
teriya hisobi yuritishning umumiy prinsiplari va qoidalariga 
(GAAP – generally accepted accounting principles) muvofiq 
kompaniya balansida aks etilgan aktivlar, majburiyatlar 
va xususiy kapital qiymati o‘zining boshlang‘ich qiymati-
ga (historical value) ko‘ra baholanishi kerak (ya’ni, dastlab 
sotib olingan narxi bo‘yicha). Bu qoidalar Moliyaviy hisob 
Stanlartlari bo‘yicha Kengash (AQSh) (Financial Accounting 
Standard Board) tomonidan vaqti-vaqti bilan qayta ko‘rib 
chiqiladi va o‘zgartirishlar kiritiladi. Aksiyalari AQSh fond 
birjasida rasmiy sotuvga qo‘yilishini istagan har qanday xo-
rijiy va Amerika kompaniyasi hisobotlarni mazkur buxgal-
teriya hisobi standartlari asosida olib borishi va Qimmatli 
qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha komissiyaga (SEC) moliyaviy 
hisobot taqdim etgan holda, o‘z faoliyati yuzasidan munta-
zam hisobot berishi kerak. 
11.2.1­jadvalda “XYZ”
 
korporatsiyasining turli davrlar 
misol uchun, 20x0 yil oxiriga va 20x1 yil oxiriga balansi 
keltirilgan. Keling, avval 20x0 yil 31-dekabr holatiga, ya’ni 
20x1 yil boshiga tuzilgan balans (uning soddalashtirilgan 
shakli)
 
ni ko‘rib chiqamiz.


190

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin