T.S.Malikov, N.H.Haydarov
gan kompaniyalarning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini taqqoslash
uchun juda muhim
246
.
246
Shu munosabat bilan bu o‘rinda buxgalteriya hisobi xalqaro qoi-
dalarini standartlashtirish masalalariga xususida, biroz bo‘lsa-da, to‘xta-
lib o‘tish zarur. Gap shundaki, Londonda joylashgan Buxgalteriya hisobi
xalqaro standartlar qo‘mitasi (International Accounting Standards Com-
mittee) yagona, unifikatsiya qilingan buxgalteriya hisobi xalqaro qoidala-
rini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Dunyoning istalgan nuqtasidagi
korporatsiyalar o‘z qimmatli qog‘ozlari bilan dunyoning barcha fond bo-
zorlarida savdo qilishga ruxsat olish uchun ushbu qoidalardan foyda-
lanishlari kerak. Bir vaqtning o‘zida, butun dunyodagi tartibga soluvchi
organlar, shu jumladan, AQShning Qimmatli qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha
komissiyasi (SEC), chet el kompaniyalari ularning fond bozorlarida listing
o‘tish uchun shu xalqaro qoidalardan foydalanishlariga yo‘l qo‘yadilarmi,
yo‘qmi buni ularning o‘zlari hal etishlari lozim.
Xalqaro hisob qoidalarini standartlashtirish foydasiga aytilayotgan iqti
-
sodiy dalillarni inkor qilib bo‘lmaydi. Bugungi kunda AQShda chet el kom-
paniyalariga mazkur mamlakatning fond bozorlarida listing jarayonini o‘tish
uchun ularning o‘z hisob qoidalaridan foydalanish man etilgan. Har qanday
chet el kompaniyasi Amerika fond bozorida o‘z aktsiyalarini sotuvga qo‘yish
uchun o‘z daromadlari va xarajatlari yuzasidan AQShda qabul qilingan hisob
qoidalari bo‘yicha hisobot berishlari kerak. Bundan ko‘rinib turibdiki, yagona
xalqaro qoidalarning qabul qilinishi kapitalning umumjahon ko‘lamida be-
malol harakatlanishini ta’minlashga muayyan sharoit yaratadi.
Bundan tashqari shak-shubhasizki, investorlarga son-sanoqsiz hisob-
ga olish qoidalari atrofidagi statistik “tuman”lar o‘rtasidan yorib o‘tish-
ga ham yordam berish kerak. Bu qoidalar mamlakatdan mamlakatga
o‘zgaradi va chet el kompaniyalarining haqiqiy samaradorligini baholash
muammosini “xashak g‘arami orasida igna qidirish misoli” qiyinlashtira-
di. Masalan, muayyan yilda Buyuk Britaniyaning farmatsevtika giganti
Smith-Kline Beecham PLC
hisobotiga ko‘ra Britaniya standartlari bilan hi-
soblaganda kompaniya daromadi 1,5 mlrd. AQSh dollarini tashkil etgan.
Ammo amerika standartlari bo‘yicha kompaniya 1,2 mlrd. AQSh dollari
miqdorida daromad yuzasidan hisobot topshirishi kerak bo‘lgan. Sababi,
Virjiniya shtatining Sharlotsvill shahrida joylashgan Investitsion menej-
ment va tadqiqotlar assotsiatsiyasining (Association for Investment Man-
agement & Research, Charlottesvile) qoidalariga ko‘ra Buyuk Britaniya va
AQShda ikki yoki undan ortiq kompaniyalar qo‘shilishi yohud bitta firma
ikkinchisini sotib olishi natijasida tashkil topgan kompaniyalar uchun hi-
sob normalari turlichadir. Ushbu Virdjiniya guruhi (Virginia group) qoi-
dalariga muvofiq xuddi shu yili
British Airlines
kompaniyasi AQSh hisob
standartlariga rioya qilgan holda 353,0 mln. AQSh dollari miqdorida daro-
madni aks ettirib, hisobot berishi kerak edi. Buning o‘rniga kompaniya o‘z
Moliya
201
Investitsion faoliyat munosabati bilan pul oqimlari aks
ettirilgan 11.2.3-jadvalning ikkinchi bo‘limida ko‘ramizki,
20x1yildavomida “XYZ” kompaniyasi yangi zavod binolari
va asbobuskunalar sotib olishga 90,0 mln. so‘m sarfla
gan
247
. Hisobotning uchinchi bo‘limida – moliyaviy faoliyat
natijasida pul oqimlari harakatida korporatsiya o‘z aksi-
yadorlariga dividend tariqasida pul shaklida 10,0 mln. so‘m
to‘lagan va 94,6 mln. so‘m miqdorida qarz olgan va o‘zining
qisqa muddatli qarzini ko‘paytirgan
248
.
Yuqorida bayon etilganlarga yakun yasab aytish mumkin-
ki, “XYZ” korporatsiyasining ishlab chiqarish, investi tsion va
moliyaviy faoliyati uning ixtiyoridagi pul mablag‘lari ga (pul-
lar va bozor qimmatli qog‘ozlari) ta’sir ko‘rsatishi natijasida
ularning hajmi 20x1-yil oxiriga kelib, 20,0 mln. so‘mga osh-
gan. Bu summaga quyidagi tarzda erishilgan: ishlab chiqar-
mamlakatlari standartlariga muvofiq 535,0 mln. AQSh dollari miqdorida
daromad ko‘rsatgan. Bu safar to‘lanishi kerak bo‘lgan soliqlarni hisobga
olishga bo‘lgan turlicha yondashuv ana shunday tavofutga sabab bo‘lgan.
Hisob standartlari
AQShnikiga nisbatan qat’iy bo‘lmagan Xitoy, Avs
-
traliya va yana dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlari buxgalteriya hisobi
bo‘yicha xalqaro standartlar joriy etilishining tarafdoridirlar. Albatta, bun-
da uzoq kutishga to‘g‘ri kelish ehtimoldan xoli emas. Hatto butun dunyo
yangi qoidalarni qabul qilsa ham, Vashington bunga tayyor bo‘lmasligi
mumkin. Chunki buning oqibatida jiddiy siyosiy muammolar yuzaga kel-
masligiga hech kim kafolat bera olmaydi.
Moliyaviy hisob qoidalari bo‘yicha mutaxassislarning fikrlariga ko‘ra,
AQShda yagona standartlar qabul qilinishi investorlarga sifatliroq va man-
tiqan izchil axborot olish imkonini beradi. Agar Qimmatli qog‘ozlar va bir-
jalar bo‘yicha Komissiya chet el firmalariga xalqaro standartlar asosida AQSh
fond birjalarida ro‘yxatdan o‘tishiga yo‘l qo‘yadigan bo‘lsa, shubha yo‘qki, o‘z
mamlakatining qat’iy qoidalariga rioya qiladigan AQSh kompaniyalari e’tiroz
bildiradilar. Lekin shunga qaramay, AQShda ham, chet elda ham Qimmatli
qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha Komissiyaga xalqaro hisob standartlarini qabul
qilishga undash yo‘lida bosim o‘tkazish borgan sari kuchaymoqda. Chet el
kompaniyalarini listingga kiritishdan daromad olishga intilayotgan Nyu-York
fond birjasi bu talablarni qo‘llab-quvvatlamoqda.
247
Investitsion faoliyat pul mablag‘lari ekvivalenti bo‘lmagan uzoq
mud datli aktivlar va boshqa investitsiya obyektlarini sotib olish va sotish-
ni aks ettiradi. - Mualliflar eslatmasi.
248
Moliyaviy faoliyat o‘z kapitali va qarzga olingan kapital hajmi va
tuzil masining o‘zgarishiga olib keladi. - Mualliflar eslatmasi.
|