Moliya
209
oralig‘ida sarflashingiz mumkin bo‘lgan summa bo‘lib,
shu bilan birga mazkur vaqt boshidagi boyligingiz darajasi
saqlab qolinadi. Boshqacha
qilib aytganda, foyda – bu ke-
lib tushgan va Siz sarflashingiz mumkin bo‘lgan pul mab
-
lag‘i hajmi bo‘lib, natijada muayyan davr oxiriga kelib, shu
davr boshida qancha pulingiz bo‘lgan bo‘lsa, ixtiyoringizda
shuncha pul
qoladi
251
. Keng ma’noda iqtisodiyot bo‘yicha
Nobel mukofoti laureati, taniqli ingliz iqtisodchisi
Jon R.
Xiks (John R. Hicks)
o‘zining mazkur muammoga bag‘ish-
langan klassik asari “Qiymat va kapital”da (Value and Capi-
tal) aynan shu ta’rifdan foydalangan va zamonaviy iqtisod-
chilar ham aynan shu ta’rifdan
foydalanib kelmoqdalar
252
.
Bu o‘rinda shuni ham qayd etish lozimki, yuqoridagi tarzda
buxgalteriya hisobida qabul qilingan foydaga berilgan ta’rif
(income, earnings, profits)
aksiyalarning bozor kursi oshi-
shi yoki pasayishi yoki ma’lum vaqt (davr)da mulk bahosi
o‘zgarishi sababli olinmagan foyda yoki ko‘rilgan
zararlarni
e’tiborga olmaydi.
Misol tariqasida quyidagi vaziyatni ko‘rib chiqishni tak-
lif etamiz. Faraz qilaylik, Sizning yil mobaynida olgan sof
mehnat haqingizning umumiy summasi 10,0 mln. so‘mni
tashkil etadi va Siz bu summani oilangizni boqishga sarf-
ladingiz. Ammo shu bilan birga aktivlaringizning umumiy
qiymati 6,0 mln. so‘mga
pasayib ketdi, deylik. Umuman
olganda hech bir buxgalter bu pasayishni e’tiborga olmagan
bo‘lar edi. Chunki bu zarar potensial xarakterga ega. Saba-
bi, Sizning aktivlaringiz sotilmagan edi. Bir vaqtning o‘zida
har qanday iqtisodchi Sizga qiymat kamayishini foydangiz
hisoblanayotganida inobatga olinishi kerakligi aytgan bo‘lur
edi. Chunki u oilangizning iste’mol imkoniyatlariga ta’sir
qiladi. Axir endi bu imkoniyat yil boshidagiga nisbatan 6,0
mln. so‘mga qisqardi-ku! Demak, iqtisodchining nuqtayi
251
Bu “jaydari” fikrlarga munosabatingiz qanday? Ular o‘zlarining ni-
malari bilan foydaga nisbatan biz berib kelgan va ko‘nikib qolgan boshqa
ta’riflardan farq qiladi?
252
J.R.Hicks, Value
and Capital, 2-nashr (New York: Oxford University
Press, 1946), 172-b.