Moliya
191
ladigan) qimmatli qog‘ozlari 100,0 mln. so‘mga baholangan
(qiymatiga ega). Boshqa aylanma aktivlar debitorlik qarzlari
50,0 mln. so‘mdan (ya’ni, “XYZ”
mahsuloti xaridorlari kor-
poratsiyaga to‘lashi kerak bo‘lgan mablag‘lar) hamda 150,0
mln. so‘mlik tovar-moddiy boyliklardan iborat mablag‘lardan
tashkil topgan. Tovar-moddiy boyliklar zaxirasi ko‘rsatkichi,
o‘z navbatida, xomashyo, tugatilmagan ishlab chiqa rish va
tayyor mahsulotlar qiymati (bahosi)ni o‘z ichiga oladi.
Keyingi o‘rinda aylanma bo‘lmagan
aktivlar, ya’ni kom-
paniyaning asosiy vositalari keladi. Bu guruhga, shuning-
dek, yer, zavod binolari va asbob-uskunalari kabi modda
(qism)lar
kiradi
244
. Biz tahlil qilayotgan balansga ko‘ra bino
va asbob-uskunalarning amortizatsiyani chegirib tashlagan-
dagi qiymati 300,0 mln. so‘mni tashkil etadi. Shunday qilib,
korporatsiyaning jami aktivlari 600,0 mln. so‘mga teng.
Bundan keyin balansda “XYZ”
korporatsiyasining maj-
buriyatlari aks ettiriladi. To‘lovini bir yil ichida amalga oshi-
rishi kerak bo‘lgan majburiyatlar qisqa muddatli majburi-
yatlar, deb ataladi. Ba’zida ularni qisqa muddatli qarz, deb
atashadi. “XYZ”
korporatsiyasi uchun bu ko‘rsatkich to‘la-
nishi kerak bo‘lgan hisoblar (ya’ni, korporatsiya o‘z mah-
sulot (mol) yetkazib beruvchilariga to‘lashi kerak bo‘lgan
summa – 60,0 mln. so‘m,
shuningdek, ular kreditorlik qarz-
lari, deb ataladi) va kompaniyaning qisqa muddatli kredit-
lar bo‘yicha qarzi (90,0 mln. so‘m) summasidan iborat.
Aylanma aktivlar va qisqa muddatli majburiyatlar o‘rta-
sidagi farq sof aylanma kapital deb ataladi. Balansda bu
ko‘rsatkich alohida aks ettirilmaydi. Ammo
uni hisoblash
juda oson. Demak, sof aylanma kapital summasi 20x0 yil
oxiriga 150,0 mln. so‘mni tashkil etgan. Buning uchun biz
joriy aktivlar ko‘rsatkichidan (300,0 mln. so‘m) joriy maj-
buriyatlarni (150,0 mln. so‘m) ayirdik.
So‘ng “XYZ” korporatsiyasi
balansining majburiyatlar
guruhida uzoq muddatli qarzlar yoki uzoq muddatli maj-
244
Mamlakatimizda qabul qilingan hisobot shakllarida dastlab uzoq
muddatli, keyin esa joriy aktivlar keltiriladi.