Moliya
193
Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot.
Moliyaviy
natijalar to‘g‘risidagi hisobotda ma’lum vaqt oralig‘ida firma
samaradorligiga umumiy baho beriladi. Biz o‘rganayotgan
misolda bu davr 1 yilga teng. Buning uchun foyda (income,
profit, earnings), deb ataladigan asosiy moliyaviy ko‘rsat
-
kichdan foydalaniladi. Foyda –
bu kompaniyaning daroma-
di va xarajatlari o‘rtasidagi farq. 11.2.2-jadvalda keltirilgan
hisobotda 20x1yilda
“XYZ”
korporatsiyasi tovarlarini so-
tishdan kelgan tushum (daromad) 200,0 mln. so‘mni, sof
foyda – 23,4 mln. so‘mni tashkil etgani ko‘rsatilgan.
11.2.2-jadval
“XYZ”
korporatsiyasi faoliyatining 20x1-yil-
dagi moliyaviy natijalari to‘g‘risida hisoboti
(soddalashtirilgan shakli)
(mln. so‘mda)
Sotishdan olingan daromad (tushgan tushum)
200,0
Sotilgan (realizatsiya qilingan) mahsulot tannarxi
(110,0)
1
Yalpi foyda
90,0
Umumiy
xarajatlar, mahsulot sotish xarajatlari
va ma’muriy xarajatlar (GS&A) (davr xarajatlari)
(30,0)
Asosiy
faoliyatdan olingan foyda
60,0
Obligatsiyalar bo‘yicha foizlarni to‘lash xarajatlari
(21,0)
Soliqqa
tortiladigan foyda
39,0
Foyda solig‘i
(15,6)
Sof foyda
23,4
Bir aksiyaga hisoblaganda sof foyda (muomalada
1 mln. aksiya)
23,4
Sof foydaning taqsimlanishi:
To‘langan dividendlar
10,0
Taqsimlanmagan foydaning o‘zgarishi
13,4
11.2.2-jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib tu-
ribdiki, “XYZ”
korporatsiyasining xarajat moddalari to‘rtta
asosiy kategoriyaga bo‘lingan. Birinchi guruhga 110,0 mln.
so‘mni tashkil etgan sotilgan (realizatsiya qilingan) mahsu-
lot tannarxi kiritilgan. Bu korporatsiyaning
joriy yilda sotil-