Moliya
187
lish kerakligi to‘g‘risida muhim ma’lumot bilan ta’minlashi
mumkin. Moliyaviy hisobotlarni batafsil o‘rganib, firmani
boshqarishda qo‘lga kiritilgan yutuqlar va yo‘l qo‘yilgan xa-
tolarni ko‘rish, ba’zida esa firibgarliklarni
aniqlash mum
-
kin. Ularning naqadar muhim ekanligini anglash uchun
Hisob Palatasi, Moliya vazirligi, Soliq qo‘mitasi,
tarmoq yoki
soha vazirliklari qoshidagi Nazorat-taftish boshqarmalari,
auditorlik xizmatlari va hokazolar tomonidan taqdim eti-
ladigan materiallarga ko‘z tashlashning o‘zi yetarli. Xuddi
shunday maqsad bilan OAV tomonidan e’lon
qilinayotgan
ma’lumotlarga e’tibor berishning o‘zi ham juda ko‘p narsani
ko‘rsatishi mumkin.
11.1.1-chizmada ko‘rsatilishicha, moliyaviy hisobotlar-
ning ikkinchi funksiyasi
firma egalari va kreditorlariga kom
paniya faoliyati samaradorligining asosiy reja ko‘rsatkichla-
rini aniqlash va menejerlar faoliyatini tartibga solish imkoni
ni berish hisoblanadi.
Direktorlar kengashi moliyaviy hisobotlardan kom-
paniya samaradorligining rejadagi ko‘rsatkichlari borasida
muayyan maqsadni belgilash uchun foydalanadi. Masalan,
ular balans daromadliligi yoki kapital daromadliligi koeffi
tsiyenti (ROE) uchun aniq o‘sish sur’atini
belgilagan holda,
muayyan maqsad qo‘yishi mumkin. Shuningdek, kreditor-
lar firma boshqaruvchilari oldiga joriy aktivlar va joriy maj
buriyatlar nisbati koeffitsiyenti kabi kutilgan ko‘rsatkich
-
ni maqsad qilib qo‘ygan holda, ularning xatti-harakatlarini
cheklab qo‘yishlari ham mumkin.
Moliyaviy hisobotlarning navbatdagi funksiyasi 11.1.1-chiz-
mada ko‘rsatilganidek,
qulay shablon-modellar tuzish va ular
dan moliyaviy rejalashtirish jarayonida foydalanishdir.
O‘z kompaniyalari uchun ma’lum davr bo‘yicha moli-
yaviy natijalar to‘g‘risida
dastlabki hisobotlar, balans va pul
oqimlari to‘g‘risida hisobotlarni tayyorlar ekanlar, mene-
jerlar alohida rejalar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni nazorat
qi lishlari va firmaning moliyaviy mablag‘larga bo‘lgan
umumiy ehtiyojini aniqlashlari kerak.
Rejalashtirish jarayo-
nida ushbu standart moliyaviy hisobotlar boshqa shablon-