T.S.Malikov, N.H.Haydarov
13. Aylanma kapitalni boshqarish bo‘yicha savollar:
a) Faraz qiling, bilyard stollari ishlab chiqaradigan fir
-
ma rahbarisiz. O‘ttiz kun avval moliyaviy maslahatchi yol-
ladingiz. Uning vazifasi kompaniyangizning faoliyatini tah-
lil qilish va uning samaradorligini oshirish usullarini taklif
qilish. Moliyaviy maslahatchi bergan tavsiyalar bajarilgan
taqdirda mahsulotlaringiz sotilishi va haqi olinishi o‘rtasi-
dagi vaqtni 20 kunga qisqartirish, materiallar sotib olish
va mahsulotni sotish o‘rtasidagi vaqtni uzaytirish (atigi 5
kunga) va materiallar sotib olish va ularning haqini to‘lash
o‘rtasidagi davrni 15 kunga qisqartirish imkonini beradi.
Maslahatchi bergan tavsiyalarni bajarasizmi? Tushuntirib
bering-chi, nima uchun?
b) Pul mablag‘lari aylanishi sikli davomiyligini boshqa-
rishning asosiy prinsiplariga ko‘ra har qanday firma debi
-
torlik qarzlarini qoplash uchun zarur vaqtni imkon qadar
qisqartirishga, shu bilan birga o‘z hisoblarini to‘lash mud-
datini imkon qadar uzaytirishga harakat qiladi. Tushuntirib
beringchi, agar firma o‘z iste’molchilariga to‘lov talabnoma
-
si bo‘yicha erta to‘lagan mahsulot yetkazib beruvchilarga
chegirmalar taklif etib, o‘zi mahsulot yetkazib beruvchilari
to‘lov muddatini uzaytirish uchun taklif etayotgan chegir-
malardan voz kechsa, aylanma kapitalni boshqarish borasi-
da qanday tanlov muammosiga duch keladi?
v) Faraz qilaylik, bugun 13.03.20x5-yil va Siz endigi-
na o‘z kredit kartochkangizda bor mablag‘lar to‘g‘risida har
oylik hisobotni oldingiz. Qarzingiz 2,0 mln. so‘mni tash-
kil etadi. To‘lov muddati 05.04.20x5-yilda tugaydi. Ammo
rafiqangiz (yoki eringiz) hisobotni ko‘rib, tahlikaga tushadi
va qarzni zudlik bilan to‘lashingizni talab qiladi. Pul mab-
lag‘lari aylanishi sikli davomiyligini boshqarishning aso-
siy prinsiplariga ko‘ra ish tutishingizni inobatga oladigan
bo‘lsangiz, to‘lovni qachon amalga oshirasiz? Nima uchun?
Bunday strategiyaning xavfli tomoni nimada?
g) Mebel ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi ba’zi fir
-
malar keng miqyosda reklama qilingan mahsulotlarini sotib
bitirdilar. Bunda mijozlar naqd pul (yoki kredit kartoch-
Moliya
259
kasi) orqali to‘lovni amalga oshirayotganda chegirmalardan
foydalanishi yoki kompaniya tomonidan ochilgan kredit
bo‘yicha to‘lovlarni bir yilgacha amalga oshirishi sharti bi-
lan to‘lov muddatini uzaytirishi mumkin edi. Pullar bahosi
(qiymati)ning vaqt davomida o‘zgarishini hisobga olmasak,
pul mablag‘lari aylanishi sikli davomiyligini boshqarishning
asosiy prinsiplarini esda tutgan holda, quyidagi savollarga
javob bering: (1) Nima uchun bu kompaniyalar chegirmalar
taklif etdilar? (2) Agar mijoz pul shaklidagi to‘lovlarni bir
yilga cho‘zishni tanlasa, kompaniyalar nima sababdan rozi
bo‘lmasliklari mumkin? Kompaniya to‘lov muddatini uzay-
tirganda qanday risk bilan to‘qnashadi-yu va nima sabab-
dan chegirma berganda bunday risk bilan to‘qnashmaydi?
d) Sizning fikringizcha firma o‘z aylanma kapitali o‘zga
-
rishini kuzatishi va potensial muammolarni hal qilishi
mumkin bo‘lgan chastotani bo‘lajak sotuvlar hajmiga tuza-
tish kiritish va qo‘shimcha moliyaviy mablag‘larga ehtiyojni
aniqlash chastotasi bilan solishtiring.
e) O‘z aylanma kapitali bilan bog‘liq vaziyatni doim va
aniq kuzatib keladigan firma qanday muammolardan xoli
bo‘lishi mumkin?
14. Quyidagi aktivlar va majburiyatlar o‘z egalarining
balanslarida qanday aks ettiriladi?
a) lotereya biletlari;
b) xit qo‘shiq;
v) muvaffaqiyatsizlikka uchragan film?
15. Shaxsiy moliya(viy mablag‘lar) buxgalteriya hisobi
Quyidagi hodisa va operatsiyalar Sizning shaxsiy daro-
madlaringiz va xarajatlaringiz to‘g‘risidagi hisobotda, ba-
lansda va pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotda qanday aks
ettirilishi kerakligini ko‘rsating:
a) 20xx-yilning 1-iyul kuni institutni tugatishingiz mu-
nosabati bilan Siz 20,0 mln. so‘m miqdorida sovg‘a oldingiz
va talabalik qarzingiz uchun 10,0 mln. so‘m to‘ladingiz;
b) 20xx-yilning 1-avgustida siz “Yo”
korporatsiyasiga
moliyaviy masalalar bo‘yicha kichik maslahatchi lavozimiga
|