T.S.Malikov, N.H.Haydarov ishga kirdingiz. Sizga va’da qilingan oylik maosh oyiga 4,0
mln. so‘mni tashkil etadi va har oyning oxirgi kuni to‘lana-
di;
v) 31 avgust kuni Siz o‘z oylik maoshingiz va boshqa
rag‘batlantirish pullari to‘g‘risida birinchi hisobotni oldingiz
va u quyidagi ko‘rinishga ega:
Jami mehnat haqi
4,0
Daromad solig‘i
1,4
Majburiy ijtimoiy va tibbiy ta’minot bo‘yicha soliq
(ajratma)
0,5
Tibbiy sug‘urta polisi bo‘yicha to‘lov
0,15
Pensiya jamg‘armasiga badal
0,2
Ijtimoiy sug‘urta dasturiga muvofiq xizmatchidan
ushlab qolinadigan soliq (ajr.)
0,3
Xodimning pensiya jamg‘armasiga badali
0,2
Xodimning tibbiy sug‘urta bo‘yicha badali
0,15
Xodimning
GFS bankidagi joriy hisob raqamiga kirim
1,75
Xodimning jami qo‘shimcha rag‘batlantirish pullari
0,65
g) 1 sentabrda Siz 20,0 mln. so‘m turadigan yangi
avtomobil sotib oldingiz, 5,0 mln. so‘m miqdorida birinchi
to‘lovni amalga oshirdingiz, qolgan 15,0 mln. so‘mni
GFS bankidan oyiga 1 foizga oldingiz. Endi Siz 36 oy davomida
mashina uchun 498,2 ming so‘m to‘lab borishingiz kerak.
d) Alohida inson yoki oila o‘zining shaxsiy mablag‘lari
balansini tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilishi sababini ay-
ting. Bunday balansni qanchada qayta ko‘rib chiqish ke-
rak? Narxlar o‘zgarishini inobatga olgan holda aktivlar va
majburiyatlarni qayta baholash kerakmi yoki ularni dast-
labki narx bo‘yicha baholashni davom ettirish kerakmi?
16. Buxgalteriya ma’lumotlaridan foydalanish
Siz ikki oydan keyin boshlanishi kerak bo‘lgan bahorgi
ta’tilingiz chog‘ida Antaliyaga borib kelish imkoniyati usti-
da o‘ylayapsiz. Excite Web-portalining
Preview Travel be-
pul xizmatidan foydalangan holda Toshkentdan Antaliyaga
borish uchun eng arzon yo‘nalishni tanladingiz. Olingan
Moliya 261
ma’lumotlarga ko‘ra
AirTran aviakompaniyasining xizmat-
laridan foydalanish eng arzon bo‘ladi. Ammo avval Siz bu
kompaniya to‘g‘risida hech eshitmagansiz va Sizda savol
tug‘iladi: Siz ikki oydan keyin o‘z biletingizdan foydalanib
ulgurmasingizdan oldin kompaniya o‘z faoliyatini to‘xtatib
qo‘ymaydimi?
AirTran aviakompaniyasining biletlarini sotib
olib qanchalik tavakkal qilayotganingizni bilib olish uchun
Internetdan (masalan, www.quicken.com adresi bo‘yicha)
olingan ma’lumotlardan qanday foydalanish mumkin? Bun-
day tadqiqot uchun etalon sifatida qanday firmalarning
ko‘rsatkichlarini olish lozim?
1. Qavs ichidagi sonlar xarajatlarga kirishini va uni yuqo-
ridagi katakda ko‘rsatilgan daromad ko‘rsatkichidan ayirish
kerakligini ko‘rsatadi. – Mualliflar eslatmasi.