T.S.Malikov, N.H.Haydarov
lida foyda oladilar (hisobdagi qoldiq bo‘yicha). Bunday fir
-
malarning katta xarajatini operatsiyalarning o‘tkazilishi-
ga sarflangan xarajatlar, kartochkalarning o‘g‘irlanishi va
ularning egalari o‘z majburiyatlarini qoplash qobiliyatiga
ega emasliklari natijasida ko‘rilgan ziyonlar tashkil etadi.
O‘tgan asrning 50-yillarida tijorat banklari birinchi
bo‘lib kredit kartochkalari bilan ishlashni sinab ko‘rish-
gan. O‘shanda ular o‘zlarining juda yuqori ekspluatatsion
182
xarajatlari sababli shu kabi xizmatlarni ko‘rsatadigan fir
-
malar bilan raqobatlasha olmasliklari aniqlandi. Biroq
60-yillar oxirida kompyuter texnologiyalarining rivojlanishi
tufayli ushbu xarajatlar ancha kamaydi va banklar endi
bunday firmalar bilan jiddiy raqobatlasha oladigan bo‘ldi.
Bizning kunlarda kredit kartochkalaridan foydalanish xiz-
mat bozorida ikkita yirik bank tizimi:
VISA
va
Master Card
kompaniyalari yetakchilardan hisoblanadi:
Diners Club
va
Carte Blanche
firmalarining ulushi esa sezilarli darajada
qisqardi. Shu o‘rinda, Bank Americard banki qanday qilib
o‘zining monopoliyasini yo‘qotganligini ham eslab o‘tish foy-
dadan xoli emas
183
.
Tarixdan ma’lumki, 1958-yildan 1966-yilga qadar,
ya’ni 8 yil davomida
Bank of America
Kaliforniya shtati-
ning kredit kartochkalari bozorida yakka o‘zi hukmronlik
qilgan edi. 1964-yildan 1966 yilga qadar bu biznes unga
juda katta foyda olib kelgan. Biroq bu umrbod davom eti-
shi mumkin emasdi
184
. 1966-yil boshlarida
Bank of Amer
i
182
«Ekspluatatsiya» fransuzcha «exploitation» - ishlatish, foydalani-
shi; foyda olish, lotincha “explicitare” – foydalanmoq, ishlatmoq. 1. Ishlab
chiqarish vositalari egalarining o‘zgalar mehnati mahsulini o‘zlashtirib oli-
shi. 2. Tabiiy boyliklarni qazib olib, ulardan foydalani; yer, sanoat kor-
xonalari, transport vositalari, binolar va sh.k.lardan foydalanish, ularni
ishlatish. Qarang: o‘sha manba. J.V. - B.27.
183
Bu holatni AQShdagi bank misolida ko‘rib chiqilayotganidan tash-
vishga tushmang. Uni O‘zbekistondagi bank misolida ko‘rib chiqish prin-
sipial ahamiyatga ega emas. Buning ustiga mamlakatimizda hali bunday
shov-shuvga sabab bo‘lgan hodisa (voqelik)lar sodir bo‘lganicha yo‘q.
184
Nega bunday xulosa chiqarilmoqda? Buning sabablari nimalardan
iborat ekanligini bilasizmi?
Moliya
123
ca
ning kredit kartochkalari bilan ishlash bo‘yicha bosh-
qaruv personali ularning raqobatchilari: Kaliforniyaning
4 ta yirik banki hamkorlikda bu biznesga kirish niyati-
da ekanliklari to‘g‘risida tez-tez eshitadigan bo‘ldi. O‘zlari-
ning umumiy dasturini ular
Master Charge
deb nomlamoq-
chi bo‘lishdi. Bungacha
Nyu-york banki: First National City
Bank of New-York
(bizning kunlarda
Citibank
nomi bilan
mashhur) transport xarajatlarini va ko‘ngil ochish sohasi-
dagi xarajatlarni to‘lash uchun foydalaniladigan kartoch-
kalarning savdosi bilan shug‘ullanadigan
Carte Blanche
firmasini sotib olish to‘g‘risida kelishuv olib borayotganligi
haqidagi keskin xabarlar ham tarqalgan edi. Bu bitim
First
National City
ga ko‘p sonli savdogarlar va mijozlarni olib ke-
lishi kerak edi. Buning natijasida esa bank umumdavlat
miqyosida ishlashni boshlar edi (shu kungacha biror-bir
bank bu bilan maqtana olmagan) va shunday qilib,
Bank of
America
ning yana bir jiddiy raqobatchisiga aylanishi mum-
kin edi. Ayni paytda boshqa banklar
Bank of America
ning
o‘z dasturini Kaliforniyaning tashqarisiga ham kengaytir-
moqchi ekanligi to‘g‘risida tez-tez eshitadigan bo‘lishdi.
Bir necha yillik nisbatan jim-jitlikdan so‘ng bank sanoati
bo‘lish ehtimoli bo‘lgan hujumlar va potensial ishtirokchi-
lar, kredit kartochkalari to‘g‘risidagi turli xil shov-shuvlar
bilan portladi. Buyuk Depressiyadan so‘ng amalda birinchi
bo‘lib banklar bir-birlari bilan ochiqdan-ochiq raqobatla-
shish mumkinligi to‘g‘risida o‘ylay boshlashdi.
Bu mish-mishlar o‘z navbatida, 60-yillar oxirida bu-
tun mamlakatni qamrab olgan kredit kartalarni jo‘natish-
ning buyuk to‘lqiniga sabab bo‘ldi. Sarosima va hasadga
tushgan bankirlar, amalda u haqda hech narsa bilmasdan
va mutlaqo tayyorlanmasdan turib biznesga «boshlari bi-
lan sho‘ng‘ishdi». Iste’mol ssudalarini taqdim etadigan va
taqdim etmaydigan barcha yirik va mayda banklar, bank
konsorsium
185
lari va ayrim banklar yagona shiddat bilan
185
«Korsortsium» lotincha «concortium» - sheriklik, birga ishtirok etish.
Bir necha banklar yoki sanoat korxonalarining qarzlarni birgalikda joy-
lashtirish, yirik moliyaviy yoki tijoriy ishlarni, investitsion loyihalarni
|