Raqamli texnologiyalarning Yangi O‘zbekiston rivojiga ta’siri


RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING



Yüklə 109,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/355
tarix27.12.2023
ölçüsü109,74 Kb.
#200050
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   355
15-8-PB

 
RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING 
YANGI 
O‘ZBEKISTON
 RIVOJIGA 
TA’SIRI
 
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
 
2017-
2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida davlat va jamiyat 
qurilishi tizimini takomillashtirishning beshta ustuvor yo‘nalishidan biri “Xavfsizlik, millatlararo 
totuvlik va 
diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy 
tashqi siyosat” qilib belgilanganligi voyaga yetmaganlar orasida ma’naviy tahdidlar mazmunini fosh 
qilish va vatanparvarlikni chinakam e’tiqodga aylantirish bilan bog‘liq i
lmiy muammolarni tadqiq 
etish zaruratini keltirib chiqaradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2019 yil 19 martda 
videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilib, bu yig‘ilishda yoshlarimizga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirish, 
ularn
i madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda axborot 
texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, yurtimiz yoshlari o‘rtasida 
kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin
-
qizlar bandligini oshirish masalalariga urg‘u 
berildi. Aytish 
kerakki, turli ziddiyatlar kuchayib borayotgan bugungi dunyo manzaralarida yoshlarimizning 
ma’naviy immunitetini kuchaytirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish har qachongidan 
ham dolzarbroq ekanini anglangan xolda, davlatimiz rahb
ari tomonidan ijtimoiy, ma’naviy
-
ma’rifiy 
sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish maqsadida 5 ta muhim tashabbus ilgari 
surildi. Bugungi kunda har-
bir tashabbus bo‘yicha mamlakatimizda chora
-tadbirlar dasturlari 
ishlab chiqilib yurtimiz yoshlari ijtimoiy-iqtisodiy xayotiga tadbiq etilmoqda. Amalga oshirilayotgan 
ishlarning pirovard maqsadi yoshlar bilan olib boriladigan ma’naviy
-
ma’rifiy ishlarni yangi 
bosqichga ko‘tarish, ularda buzg‘inchi g‘oyaviy tahdidlarga qarshi kurashish immunitetini
mustaxkam shakllantirishdan iboratdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 
yoshlar bilan olib boriladigan ma’naviy
-
ma’rifiy ishlarni yangi bosqichga ko‘tarish zarurligi haqida 
shunday yozadi: “Albatta, biz mustaqil fikrlaydigan, zamona
viy bilim va kasb-hunarlarni egallagan, 
mustaqil hayotiy pozitsiyaga ega bo‘lgan yoshlarni tarbiyalash bo‘yicha katta ishlarni amalga 
oshirmoqdamiz. Ammo xolisona tan olib aytadigan bo‘lsak, bugungi kunda butun dunyoda 
aholining, birinchi navbatda, yoshlarning ongi va qalbini egallash uchun qanday keskin kurash 
borayotganini, diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik, “ommaviy madaniyat” kabi tahdidlar 
kuchayayotganini hisobga oladigan bo‘lsak, farzandlarimiz tarbiyasi, ma’naviy
-
ma’rifiy sohadagi 
ishlarimiz
ni bir zum susaytirmasdan, aksincha, ularni yangi bosqichga ko‘tarishimiz zarur”. 
Darhaqiqat, bugun dunyo taraqqiyoti shu darajaga yetdiki, endi mafkuraviy kurash, ma’naviy 
salohiyat yetakchi o‘ringa chiqdi.

Yüklə 109,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   355




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin