RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING YANGI O‘ZBEKISTON RIVOJIGA TA’SIRI Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi -
bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasida yakka
tartibdagi profilaktika tadbirlarini o‘tkazishda ishtirok etadi;
-
bolalarning axborotga oid va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, shuningdek ma’naviy
-
axloqiy tarbiyasiga doir faoliyatda ishtirok etadi;
-
ta’lim muassasalarida bolalar sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotni o‘z ichiga olmagan
axborot resurslaridan foydalanishni ta’minlash uchun zarur shart
-sharoitlar yaratadi.Bolalarning
sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborot jumlasiga bolalar o‘rtasida tarqatilishi taqiqlangan axborot
mahsuloti, ya’ni muayyan yosh toifalaridagi bolalar o‘rtasida tarqatilishi cheklangan axborot
mahsulotlarini aytish mumkin.Bolalarni ula
rning hayotiga va sog‘lig‘iga xavf soladigan xatti
-
harakatlarni sodir etishga, shu jumladan o‘z sog‘lig‘iga zarar yetkazishga, o‘z joniga qasd qilishga va
shunday harakatlarni targ‘ib qilishga undaydigan, shuningdek bolalarda alkogolli va tamaki
mahsulotlarini, giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki aql-
iroda faoliyatiga ta’sir
etuvchi boshqa moddalarni iste’mol qilish, qimor o‘yinlarida, ommaviy tartibsizliklarda ishtirok
etish, fohishalik, darbadarlik, tilanchilik yoki g‘ayri
-ijtimoiy xatti-harakatning boshqa shakllari bilan
shug‘ullanish istagini paydo qiladigan axborotlarni tushunish
mumkin.
Shu bilan birga odamlarga yoki hayvonlarga nisbatan zo‘ravonlik va shafqatsizlik qilish
mumkinligini asoslaydigan yoki oqlaydigan yoxud
zo‘ravonlik xatti
-harakatlarini amalga oshirishga
undaydigan hamda oilaviy qadriyatlarni inkor etadigan, axloqsizlikni targ‘ib qiladigan, shuningdek
ota-
onasiga va oilaning boshqa a’zolariga nisbatan hurmatsiz munosabatni shakllantiradigan
shuningdek g‘ay
riqonuniy xulq-atvorni oqlaydigan va huquqbuzarlik sodir etishga olib keladigan
ma’lumotlar ham bolaning qalbini jarohatlaydi.
Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda bolalar o‘rtasida buzg‘unchilik g‘oyalarini targ‘ib
etishga chaqiradigan, uyatli so‘zlarni o‘z ichiga olgan, pornografiya xususiyatiga ega bo‘lgan
axborotni o‘z ichiga olgan, shafqatsizlik, jismoniy va ruhiy zo‘ravonlik, jinoyat yoki jamiyatga qarshi
boshqa xatti-
harakatlar tasvirlangan, bolalarda qo‘rquv, vahima yoki sarosima uyg‘otadigan, shu
jumladan kuch ishlatilmagan o‘limni, kasallikni, o‘z joniga qasd qilishni, baxtsiz hodisani, avariyani
yoki falokatni va ularning oqibatlarini inson qadr-qimmatini kamsitadigan shaklda tasvirlash yoki
bayon etish tarzida taqdim etiladigan, erkak va ayol o
‘rtasidagi jinsiy munosabatlarni tasvirlash
yoki bayon etish tarzida taqdim etiladigan axborot mahsulotlari to‘lib yotibdi. Afsuski bunday
ma’lumotlarni zararsizlantirish mexanizimi yoki unga to‘siq qo‘yish imkoniyati bugungi kunda
mavjud emas.Darhaqiqat, bugun dunyo taraqqiyoti shu darajaga yetdiki, endi mafkuraviy kurash,
ma’naviy salohiyat yetakchi o‘ringa chiqdi. Endi qurol
-
yaroqlar emas, balki “fikrga qarshi faqat fikr,
g‘oyaga qarshi faqat g‘oya” bilan kurashib olg‘a borish mumkin. Kimning mafkurasi, milliy g‘oyasi
kuchli bo‘lsa, o‘sha yengib chiqadi. Mamlakatimiz kelajagini ta’minlaydigan, ma’naviy dunyosi
butun, axloqan pok, O‘zbekistonning yangi rivojlanish bosqichida samarali mehnati, dunyoviy
fanlarni chuqur o‘zlashtirgan yoshlarni tarbiyalash ta’
lim tizimidagi asosiy vazifa hisoblanadi.