RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING YANGI O‘ZBEKISTON RIVOJIGA TA’SIRI Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi TA’LIM VA TARBIYA SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI QO’LLASHNING MUAMMO VA YICHIMLARI Dilfuza Muydinova O’zMU ijtimoiy fanlar fakulteti, ijtimoiy gumanitar fanlarni
o’qitish metodikasi yo’nalishi magistranti
Annotatsiya: Ushbu maqolada
hozirgi axborot va texnologiyalar rivojlangan davrda ta’lim
va tarbiya samaradorligini oshirishda raqamli texnologiyalardan foydalanish, qo’llashning hozirgi
kundagi muammo va yechimlari hamda mamlakatimizdagi ta’limga qaratilgan yuksak e’tibor
davrida yo
shlar ong va shuurida axborot iste’moli madaniyatini yanada oshirish to’g’risida so’z
yuritiladi.
Kalit so’zlar: ta’lim, tarbiya raqamli texnologiya, muammo, yechim, innovatsiya, muloqot,
madaniyat.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning borishi bevosita
ta`lim tizimiga ham o`zining ijobiy ta`sirini ko`rsatmoqda. Shuning uchun ham ta`limning barcha
bo`g`inlarida yanada yuqori samaradorlikka erishish maqsadida sohada keng qamrovli islohotlarni
amalga oshirish, xalqaro tajribalar va innovatsion texnologiyalarni joriy etish bugungi Yangi
O`zbekiston sharoitida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Chunki, har bir sohaning taraqqiyoti aynan,
shu soha vakillari yoki mutaxassislarining bilimi, idroki, tafakkuri va malakasi hamda shu
yo`nalishdagi rivojlangan xorijiy davlatlarning ilg`or tajribalarini qanchalik o`zlashtirganligi bilan
belgilanadi.
So’nggi yillarda yurtimizda ko’plab sohalardagi rivojlanish jadal suratlarda taraqqiy
etmoqda.Hususan ta’lim sohasidagi amalga oshirilayotgan ken
g qamrovli islohotlar jamiyat,davlat
ravnaqi uchun qo’yilayotgan eng muxim qadamlardan biri sanaladi.Bu esa ta’limni qaytadan isloh
qilish va uning ichidagi muammolarni o’rganish, keng ko’lamda tadqiq etishni taqazo etmoqda.
Reapublikamizning jahon hamjami
yatiga qo’shilishi, xalqimizning rivojlangan mamlakatlar bilan
teng huquqli munosabatlar o’rnatishi jahon standartlariga mos ilmni egallagan ,aqlan va jismonan
yetuk shaxslarni tarbiyalash zaruratini vujudga keltirmoqda.Bugungi kun taraqqiyoti fan va texnika
yutuqlari yosh avlodni jahon talablari darajasidagi intelekt egasi bo’lishi va yuqori saviyada
mustaqil fikrlovchi hamda ijodkor yoshlarni kamol toptirishni taqazo etmoqda.Bu borada hozirgi
kunda dunyodagi ta’lim rivojlangan davlatlar bilan ko’plab hamk
orlik ishlari olib borilmoqda.
Prezidentimiz ta’kidlashicha,ta’lim sohasida qilish kerak bo’lgan ishlar ko’p: “Darsliklar masalasida
ham ancha muammo borligi uning ichiga kirgach bilindi.Ularning saviyasi haqida katta
muhokamalar bo’ldi. Finlandiya standar
ti bilan 1-
4 sinflar uchun qiladigan bo’ldik. Finlandiya xalq
ta’limi Yevropa miqyosida,umuman,dunyoda raqobatbardosh hisoblanadi”,
-deydi Shavkat