RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING YANGI O‘ZBEKISTON RIVOJIGA TA’SIRI Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi ➢
pedagog xodimlarning kasbiy mahorati va faoliyat samaradorligini muntazam oshirib borish
uchun zarur shart-
sharoitlarni yaratish, malaka oshirish tizimini “hayot davomida o`qish” tamoyili
asosida takomillashtirib borish;
➢
ilmiy-tadqiqot va ta`lim xizmatlarini ko`rsatish bo`yicha xususiy sektorning salmog`ini
kengaytirish, hududlarda nodavlat ta`lim tashkilotlarini tashkil etish orqali raqobat muhitini
shakllantirish, ta`lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish;
➢
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini
qo`llagan
xolda ta`limni
boshqarishni avtomatlashtirish va har tomonlama tahlil qilib borish tizimini yaratish, elektron
resurslar va masofaviy ta`limni yanada rivojlantirish, ta`lim oluvchilar o`rtasida IT-sohasidagi
kasblarni ommalashtirish;
➢
ilm-fanni iqtisodiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchiga aylantirish, ilmiy tadqiqotlar
ko`lamini kengaytirish, iqtidorli yosh olimlarning innovatsion faoliyatini rag`batlantirish, mavjud
ilmiy tashkilotlar salohiyatini yanada mustahkamlash va rivojlantirish;
➢
ta`lim tizimiga yuqori samarali xalqaro amaliyotni joriy etish, respublika ta`lim
tashkilotlarini nufuzli xalqaro reytinglarga kiritish bo`yicha tizimli ishlarni amalga oshirish”,[2]
kabi O`zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta`lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini yanada
rivojlantirishning asosiy yo`nalishlari belgilab berildi.
Mamlakatimizning yangi taraqqiyoti davrida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini
qo`llash orqali ta`limni boshqarishni avtomatlashtirish, elektron resurslar va masofaviy ta`limni
yanada rivojlantirish, ta`lim oluvchilar o`rtasida IT-sohasidagi kasblarni ommalashtirishga
davlatimiz rahbari tomonidan alohida e‟tibor qaratilayotganligi, ta`lim tizimida ham raqamli
texnologiyalarning o`rni va ahamiyati qanchalik yuqori ekanligini ko`rsatib bermoqda.
Bugungi globallashuv jarayoni kechayotgan davrda, kundalik hayotimizni axborot-
komunikatsion texnologiyalari, kompyuterlar va Internetsiz tasavvur qilish mushkuldir. Shuning
uchun ham bugungi kunda raqamli texnologiyalar asta sekin kundalik hayotimizning barcha
sohalariga kirib, ijtimoiy hayotning ajralmas bir qismiga aylanib bormoqda. Aynan, ana shu muhim
jihatni hisobga olgan xolda mamlkatimizda 10 dan ortiq texnika va raqamli texnologiyalar
yo`nalishidagi mutaxassislar tayyorlaydigan oliy o`quv yurtlari faoliyatini yo`lga qo`yilganligi ham
raqamli texnologiyalarning nafaqat iqtisodiyot, siyosat kabi sohalarda balki, ta`lim tizimida ham
katta ahamiyatga ega ekanligidan dalolatdir.
2020-yil Oliy Majlisga qilgan murojaatnomasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev: “Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot
texnologiyalarini egallashimiz zarur vas hart. Bu bizga yuksalishning eng qisqa yo`lidan borish
imkoniyatini beradi”,[3]
-deya ta`kidlaganlari mamlakatimizda faqat raqamli iqtisodiyotni
rivojlantirishda tub burulish yasash, balki raqamli texnologiyalarni ijtimoiy hayotning barcha
sohalariga, jumladan, ta`lim tizimiga ham joriy etishni nazarda tutgan bo`lsalar ajab emas.