RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING YANGI O‘ZBEKISTON RIVOJIGA TA’SIRI Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi metall konstruksiyalar ishlab chiqarish. To‘rtinchisi
- malakali kadrlar tayyorlash, ilm-fan va
innovatsiyani rivojlantirish.
Qora metallar, umuman po‘latning xalq xo‘jaligida ahamiyati juda ham katta. Xalq xo‘jaligida
qora metall ishlatilmaydigan soha topilmaydi. Har qanday davlatni iqtisodiy qudrati darajasini
birinchi o‘rinda eritib olinadigan po‘lat miqdori bilan aniqlanadi. Po‘latsiz konchilik, neft va gaz
tarmoqlari, mashinasozlik, transport, hatto qishloq xo‘jaligi ham rivojlanmaydi.
Yuqori marganetsli yeyilishga bardoshli
110Г13Л
po‘latni ДСП
-6 rusumli asosiy qoplamali
elektr yoyli pechlarda eritiladi. Eritish texnologiyasi asosan uchta turdan iborat:
-
uglerodli shixta asosida aralashmalarni oksidlash yo‘li bilan;
-
Б
22
markali yuqori marganetsli lomni qayta eritish yo‘li bilan;
-
ФМн
78,
ФМн
88 markali ferromarganets bilan 1
А
-4
А
po‘lat lomni birgalikda eritish yo‘li
bilan.
Po‘latni eritish va quyish jarayonida po‘latning kimyoviy tarkibi, oksidlanish darajasi, metall
strukturasinig bir xilligi va uni quyish jarayonidagi harorati muhim ko‘rsatkichlardan hisoblanadi.
110Г13Л po‘latni eritishning amaldagi texnologi
yasi oldindan va yakuniy kisloroddan
tozalash tartiblari bilan hamda quyish jarayonining harorati har xil bo‘lishi farq qiladi.
110Г13Л
po‘lat mexanik xossalarning eritish usullariga bog‘liqligi ko‘plab tadqiqotlarda
turlicha talqin qilingan. Po‘latni eritish usuli va mexanik xossalari o‘rtasida chiziqli bog‘liqlik
mavjud. Ishlab chiqarish usuli
110Г13Л
po‘latning mexanik xossalariga ta’sir qilmaydi,
kuzatiladigan farq esa kimyoviy tarkibidagi mavjud farqlar, eritish va quyish jarayonidagi farqlar
hamda qu
ymalarga termik ishlov berish tartibi bilan izohlanadi. Qayta eritish bilan ushbu po‘latni
eritishda texnologik jarayon talablariga qat’iy rioya qilishda uning mexanik xossalari
(mustahkamligi va egiluvchanligi), ekspluatatsion xossalari (yeyilishga chidamliligi) bilan ham
izohlanadi. Qayta eritish usuli bilan olingan po‘latda metallni yaxshilab kisloroddan tozalangan
shlak ostida uzoq vaqt saqlab turish hisobiga nometall qo‘shilmalar miqdori kamayishiga moyillik
kuzatiladi. Qotishmadagi nometall qo‘shilm
alar tabiati va xususiyati quymalarda darz ketish
holatlariga ta’sir qilmaydi.
Aralashmalarni oksidlash yo‘li bilan yangi shixtada po‘latni eritish usuli po‘latning zarbli
qovushqoqligini yaxshilanishi va nometall qo‘shilmalar tabiati va xususiyati eritish
ning barcha
usullarida bir xilda bo‘lishi aytiladi.
Po‘latni eritish 6 tonnali yoyli pechlarda oksidlash, birgalikda eritish va qayta eritish
usullarida o‘tkazildi. Qayta eritish va oksidlash usuli bilan olingan 110Г13Л
po‘lat eritmalarining
katta hajmi tahlil qilindi.
Qayta eritish usuli bilan eritilgan po‘latda oksidlash usuli bilan olingan po‘latga qaraganda
kremniyning yuqori konsentratsiyasi kuzatiladi. Bu shunday izohlanadiki, chiqindilardan,
jumladan, aylanma lomdan iborat bo‘lgan shixta ta
rkibida kremniy 0,50 - 0,75 % gacha uchraydi.
Eritish jarayonida elektr yoylari zonasida yuqori harorat ta’siri ostida oksidlash atmosferasi
bo‘lmaganida shlakdan kremniyning tiklanishi va uning metallga o‘tishi sodir bo‘ladi.