RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING YANGI O‘ZBEKISTON RIVOJIGA TA’SIRI Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi TADBIRKORLIK SUBʼEKTLARINI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ORQALI RIVOJLANTIRISH Rustam Tohirov Solijonovich Qo‘qon universiteti doktoranti
Annotatsiya: Ushbu tadqiqotda mamlakatimizdagi tadbirkorlik faoliyatini IT sohasi orqali
rivojlantirish istiqbollari belgilab olindi. Ushbu ma’lumotlar statistikasi mamlakatimizning rasmiy
saytidan va bos
hqa sayt ma’lumotlari statistikasi asosida 2015
-yildan 2022-
yilgacha bo‘lgan
ma’lumotlar to‘plandi. Tahlil qilish jarayonida ekonometrik tahlilning korrelyatsiyon va regressiyon
tahlil usullaridan foydalanib, tadqiqotning modeli tuzildi. Korrelyatsiyon tahlilda sanoat
mahsulotlari hajmiga mobil internet tezligi to‘g‘ri va sust ta’sir o‘tkazishi, aloqa va axborot
xizmatlari hajmi esa kuchli va to‘g‘ri ta’sir qilishi aniqlandi. Regressiyon tahlil jarayonida linear va
log-log modellari tahlil qilinib, yaxshi model sifatida log-log modeli tanlandi. Model
parametrlarining ishonchliligini aniqlashda t-styudent testidan foydalanildi. Durbin-Watson d-
statistikasi bo‘yicha model qoldiqlaridagi avtokorrelyatsiyani aniqlashda ishlatildi. Bunda model
qoldiqlarida noaniq
lik holati aniqlandi. Bunday holda, modelni boshqa tekshiruvlar o‘tkazishga
to‘g‘ri keladi. Shuningdek, modelning regressiya tenglamasi tuzilib, elastiklik koeffitsiyentlari
topildi.
Kalit so‘zlar: tadbirkorlik faoliyati, axborot texnologiyalari, sanoat mahsulotlari,
korrelyatsiyon tahlil, regressiyon tahlil.
KIRISH Bugungi kunda eng muhim dolzarb muammolardan biri tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish
hisoblanadi. Shuning uchun ham IT sohasi orqali biznes faoliyatini rivojlantirish bugungi raqamli
asrda tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Tadbirkorlik sohasini IT sohasi bilan rivojlantirish va
muvaffaqiyatga erishishimizga yordam beradigan ba’zi usullar bor bo‘lib, ular quyidagilardan
iborat:
✓
Birinchidan yaxshilangan aloqaga ega bo‘lish. Bu elektron pocht
a, lahzali xabar almashish va
videokonferensaloqa kabi axborot texnologiyalar vositalari tadbirkorlik subyektlariga butun dunyo
bo‘ylab mijozlar, hamkorlar va xodimlar bilan muloqot qilishni osonlashtiradi.
✓
Ikkinchidan tadbirkorlik faoliyatida samaradorlikni oshirishda bir qancha qulayliklar
beradi. Bu axborot texnologiyalar tizimlari ko‘plab biznes jarayonlarini avtomatlashtirishi mumkin,
balki qo‘l mehnatiga bo‘lgan ehtiyojni ham kamaytirib, va samaradorligimizni oshiradi.
✓
Uchinchidan,
kengaytirilgan mijozlar tajribasini o‘rganish. Bu bizga mijozlar bilan
munosabatlarni boshqarish (CRM) dasturiy ta’minoti kabi AT vositalari korxonalarga o‘z mijozlarini
yaxshiroq tushunishga va ularga xizmat ko‘rsatishga yordam beradi. Bu esa mijozlar eht
iyojini
qondirish va sifatli xizmatlar ko‘rsatish, mijozlarning doimiy kelib xarid qilishini ta’minlaydi.