RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING YANGI O‘ZBEKISTON RIVOJIGA TA’SIRI Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi KITOB VA KITOBXONLIK – INSON MA’NAVIYATINING KO’ZGUSI Abdullajonov Davronjon Shokirjon o‘g‘li Qo‘qon Universiteti,
Raqamli texnologiyalar va matematika
kafedrasi o‘qituvchisi
Nematova Guljahon Shuxratjon qizi Qoʼqon Universiteti, Boshlang`ich ta’lim yo‘nalishi.
Annotatsiya: O’quvchilarning kitobga bo’lgan mehrini kuchaytirish orqali ularda yuksak
ma’naviy fazilatlar, vatanparvarlik, fidoyilik, meh
natsevarlik, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat
kabi fazilatlarni shakllantiradi. Kitob o’quvchining ongi tafakkurini teran, dunyoqarashini keng,
qolaversa nutqini ravon qiladi. Bunday kishilar bilan muloqot qilish maroqli bo’ladi. Kitob bu guyoki
nurga
o’xshaydi. U insonlarni ezgulikka, mexr
-
muhabbat va ma’rifatli bo’lishga chorlaydi.
Annotation: By strengthening students' love for the book, they develop such qualities as
high spiritual qualities, patriotism, self-sacrifice, industriousness, respect for adults, and honor for
minors. The book makes the reader's mind terrestrial, worldly, and fluent in his. It would be
interesting to communicate with such individuals. The book is like this guyoki light. He encourages
people to be kind, to be kind, to be enlightened
Kalit so’zlar : Kitob, tarbiya, kitobxonlik, ma’naviyat va ma’rifat.
Keywords: Books, education, reading, spirituality.
Kirish. Kitob maslahatchi, sadoqatli hamroh, eng yaqin doʻst va bebaho boylik hisoblanadi.
Inson hayotida uning oʻrni muhim. Millatning maʼnaviy
-ruhiy dunyosini kitobga munosabati,
kitobxonlik darajasiga qarab ham aniqlash mumkin. Jahon madaniyatiga munosib hissa qoʻshgan
ajdodlarimiz erishgan betakror yutuqlarning sababi ham kitob mutolaasidir. Shu bois yurtimizda
aholin
ing kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish masalasiga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda. Insonning
bilimli, tarbiyali, kasb-
hunarli, baxtli bo’lishining muhim omili –
bu kitobga do’st bo’lish, hamisha
kitob o’qish, kitob mutolaasini umr bo’yi kanda qilmaslikdir.
Ayniqsa, yoshlarning baxt-u kamoli,
osoyishta va farovon hayotida kitob mutolaasining alohida o’rni bor.
Asosiy qism: Aslida ham, kitob va kitobxonlik insonlar ong-tafakkurini teranlashtirib, qalbiga
eng goʻzal ezgu niyatlarni joylaydigan, ularni yaxshiliklar olamiga yetaklaydigan maʼnaviyat
sarchashmasidir. Shuning uchun har doim kitob oʻqishga ehtiyojimiz bor. Kitoblar qalbimizni ilitadi,
koʻnglimizni yoritadi, baxtli va saodatli, nurli kunlarga boshlaydi. Dunyoni faqatgina a ilm bilan zabt
etish mumkin ekanligi haqidagi asl haqiqat bugun hech kimga sir emas. Ilmni mustahkam
egallashning yoʻli esa bitta, yaʼni –
kitob oʻqish.