Raqamli texnologiyalarning Yangi O‘zbekiston rivojiga ta’siri


RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING



Yüklə 109,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/355
tarix27.12.2023
ölçüsü109,74 Kb.
#200050
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   355
15-8-PB

 
RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING 
YANGI 
O‘ZBEKISTON
 RIVOJIGA 
TA’SIRI
 
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
 
Mamlakatimizda yoshlarning kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishini oshirish, aholining 
kitobxonlik koʻnikmasini yuksaltirish, milliy adab
iyotimiz va jahon adabiyotining eng yaxshi 
namunalarini internet tarmoqlariga joylashtirish va keng targʻib qilish ishlariga alohida eʼtibor 
qaratilmoqda. Ayniqsa, kelajak avlod uchun, bolalar adabiyotini rivojlantirish, oʻquv adabiyotlari va 
darsliklarnin
g saviyasini koʻtarish uchun zarur boʻlgan barcha maʼnaviy, huquqiy va moddiy asoslar 
yaratildi. Yurtimizda bolalarga sifatli kitoblar yetkazib berish borasida ham bir qancha yangi 
loyihalar amalga oshirilmoqda. Natijada bolalar koʻngliga tez va oson kirib
boradigan kitoblar kun 
sayin koʻpaymoqda. Ma’lumki, aholining intellektual va ma’naviy
-estetik ehtiyojini qondirish, 
xususan, yoshlarni mustaqil fikrlaydigan, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega, chinakam 
vatanparvar va ma’nan barkamol insonlar qilib tarbiyalashda kitobning o‘rni beqiyosdir.Kitob 
haqida bizning buyuk bobolarimizning ham bizga qoldirib ketgan fikrlari bordir.Masalan: «Kitob - 
beminnat ustoz. Har daqiqa u bizni donishmandlarning bilim xazinasi bilan oshno eta oladi», deb 
yozadi buyuk shoir va 
mutafakkir Mir Alisher Navoiy. Bugungi axborot asrining ilg’or 
texnologiyalarisiz kunlarimizni tasavvur qilolmamasak-da, tengdoshlarimiz orasida kitobga oshno 
bo’lgan yoshlarning borligi quvonarli holdir. Ko’cha ko’yda, transportlarda qo’llarida kitob tu
tgan 
insonlarni ko’rib quvonamiz.Afsuski, ba’zan yoshlar orasida qimmatli vaqtini behuda ishlarga, 
xususan, haddan tashqari ko’p kompyuter va qo’l telefoni o’yinlarini o’ynash, mazmunsiz filmlarni 
ko’rishga sarflashlari to’g’ri emas. Buning o’rniga, o’qishdan tashqari o’tadigan vaqtini samarali 
ishlar uchun rejalashtirishi maqsadga muvofiqdir. Ayniqsa, kunning ma’lum qismlarini foydali kitob 
mutolaasi uchun ajratish muhim ahamiyatga ega. Chunki, “yoshlikda olingan ilm toshga o’yilgan 
naqsh” yanglig’ o’qigan
kitobi yillar o’tsa
-da hayotda albatta asqotadi. 
Kitobdan shunchaki ermak yoki bo‘lmasa zerikishda qo‘l keladigan bir vosita sifatida 
foydalanish xatodir. Kitob tafakkur va qalb ehtiyojini qondiruvchi omil sifatida inson ruhini 
tarbiyalaydi, uning shaxsi shakllanishida asosiy turtki beruvchidir . Kitob mutolaa qilish jarayonida 
undagi ma’lumotlarni kishi nafaqat ongi va ko’zi, shuningdek ko‘nglini ham birdek uyg‘oq holda 
tutishi bilan xotirasida saqlab qolishi mumkin . Kitob o‘qishdan maqsad bu –
uning mazmunini 
anglab yetish , unga singdirilgan ma’no
-
mazmunni qalban tuyish va bu orqali ma’nan ozuqaga ega 
bo‘lishdir . Kitob mutoalasi insonda ma’naviy bo‘shliq paydo bo‘lishiga zinhor va zinhor yo‘l 
qo‘ymaydi , shunday ekan kitobni mutolaa qiluvchi har qanday inson yuksak ma’naviyatli shaxs 
bo‘lib yetishishi mumkin .
Xulosa. Shunday ekan, aziz yoshlar kitob o'qing Zero, kitob insonning hayot yo‘lida yo‘ldoshi 
bo‘lsa, hayot so‘qmoqlaridan ravon va mamnuniyat bilan o‘tadi.
“Kitob —
bilim manbai”, deymiz. Bu isb
ot talab qilmas haqiqat. Zero, inson bilimni asosan 
kitob orqali oladi, uning tarbiyasi ham kitob yordamida shakllanadi. Yoshlarimiz badiiy 
adabiyotlarni oʻqiganda, ularning dunyoqarashi kengayadi, hayotga munosabati oʻzgaradi.


85 

Yüklə 109,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   355




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin