Raqamli texnologiyalarning Yangi O‘zbekiston rivojiga ta’siri


RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING



Yüklə 109,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/355
tarix27.12.2023
ölçüsü109,74 Kb.
#200050
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   355
15-8-PB

 
RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING 
YANGI 
O‘ZBEKISTON
 RIVOJIGA 
TA’SIRI
 
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
 
INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISH 
YO’LLARI
 
Nasirova Shaira Narmuradovna 

 
NDPI, professor
 
Yodgorov 
G’ayrat Ro’ziyevich –
 
NDPI, dotsent
 
Raximov Nodirbek Sharif o‘g‘li –
 
NDPI, talaba 
Annotasiya: 
Ushbu maqolada innovatsion texnologiyalar yordamida ta’lim samaradorligini 
oshirish yo’llari to’g’risidagi ma’lumotlar yoritilgan. Ta’limning bugungi vazifasi o‘q
uvchilarni kun 
sayin ortib borayotgan elektron ta’lim muhiti sharoitida mustaqil faoliyat ko‘rsata olish, turli 
sohalarda zamonaviy axborot texnologiyalarini samarali qo‘llash va axborot oqimidan oqilona 
foydalanishga o‘rgatishdan iborat.
Kalit so’zlar: 
in
teraktiv, metod, innovatsiya, texnologiya, axborot ta’lim.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning borishi bevosita ta’lim 
tizimiga ham o„zining ijobiy ta‟sirini ko’rsatmoqda. Shuning uchun ham ta’limning barcha 
bo’g’inlarida yan
ada yuqori samaradorlikka erishish maqsadida sohada keng qamrovli islohotlarni 
amalga oshirish, xalqaro tajribalar va innovatsion texnologiyalarni joriy etish bugungi Yangi 
O’zbekiston sharoitida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Chunki, har bir sohaning taraqq
iyoti aynan, 
shu soha vakillari yoki mutaxassislarining bilimi, idroki, tafakkuri va malakasi hamda shu 
yo„nalishdagi rivojlangan xorijiy davlatlarning ilg’or tajribalarini qanchalik o’zlashtirganligi bilan 
belgilanadi. Shuning uchun ham Vatanimizning ertangi kuni va uning mustahkam poydevorini 
yaratuvchisi bo’lgan yosh avlodning ta’lim va tarbiyasiga alohida e’tibor qaratish muhim ahamiyat 
kasb etadi. Shunday ekan, ijtimoiy hayotning barcha yo’nalishlaridagi tarbiyaviy jihatlarni 
yoshlarning ma‟naviyatiga singdirib borish va Yangi O’zbekistonning ertangi kunini egalari bo’lgan 
yoshlarning tarbiyasi bugungi zamonaviy ta’lim tizimini qay darajada rivojlanganligiga bog’liq. Shu 
sababdan ham milliy ta‟lim tizimini tubdan yangilashning muqobil yechimlarini topis
h va amaliy 
faoliyatga joriy etish har birimizning asosiy maqsadimiz ekanligini unutmasligimiz darkor. 
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik 
va axborot texnologiyalari o’quv jarayonida qo’llashga bo’lgan
qiziqish, e’tibor kundan kunga 
kuchayib bormoqda, bunday bo’lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda 
o’quvchi talabalarni faqat tayyor bilimlarini egallashga o’rgatilgan bo’lsa, zamonaviy texnologiyalar 
ularni egallayotgan bilimlarini 
o’zlari qidirib topishlariga, mustaqil o’rganib, tahlil qilishlariga, hatto 
xulosalarni ham o’zlari keltirib chiqarishlariga o’rgatadi. 
O’qituvchi bu jarayonda shaxsning rivojlanish, shakillanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga 
sharoit yaratadi va shu 
bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo’naltiruvchlik funksiyasini bajaradi. 


93 

Yüklə 109,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   355




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin