20
Xususan, yetkazib beriladigan uskunalarning texnik xarakteristikalari
quyidagilarni ta’minlashi kerak: davomli to’xtovsiz ekspluatatsiya (amortizatsiya
me’yorlarini kiritish ko’p davlatlarning sanoat siyosatlarining
tarkibiy qismiga
aylanmoqda); qayta ishlash rejimlarini elektron-hisoblash tizimlari yordamida
optimallashtirish yo’li bilan jadal texnologik jarayonlarni qo’llash orqali mehnat
unumdorligini oshirish; minimal chiqindilarning miqdori; sarflanadigan materiallarni
keyinchalik ishlatish va ishlab chiqarish chiqindilarini to’la ishlatiluvchi texnologik
jarayonlarni qo’llash imkoniyati; ma’naviy eskirgan uskunalarning turlariga nisbatan
mahsulot birligiga energiya va xomashyo sarfini qisqartirish; ishlab chiqarish
maydonlarini qisqartirish lozim.
Bundan tashqari uzoqni ko’ruvchi importerlar xarid
qilinayotgan texnologiya
va uskunalarga quyidagi talablarni qo’yadi:
1.Texnologik jarayonlar sanoati rivojlangan mamlakatlarning zavodlarida
patentlangan va sinalgan bo’lishi kerak.
2.Uzatilayotgan texnologiyalar mahalliy sharoitlar, xususan mahalliy
xomashyo resurslariga moslashtirishga qaratilgan bo’lishi kerak. Bundan tashqari
importer xarid qilingan texnologiya va uskunalarni keyinchalik takomillashtirish
imkoniyatiga ega bo’lishi zarur.
3.Ishlab
chiqarish xarajatlari minimal, hech bo’lmaganda ma’naviy eskirgan
uskunalarning turlariga nisbatan past bo’lishi kerak.
4.Xarid qilinayotgan texnologiyalar va uskunalar, xaridorning zavodida ilgari
o’rnatilgan agregatlarga mos kelishi zarur.
5.
Uskuna yetkazib beruvchining taklifi tez yemiriluvchi detallarning ishchi
chizmalarini (mahalliy korxonalarda ularni tayyorlash imkoniyatiga ega bo’lish
uchun), shuningdek uskunani o’rnatish va ishlatish uchun mos xizmatlar va
texnologiyalarning ro’yxatini keltirishi kerak.
Tajribali importerlar
muzokaralarda narxlar, texnik shartlar va yetkazib berish
muddatlarini muhokama qilish bilan bir vaqtda moliyalashtirish shartlarini ham
gaplashib oladilar.
Xorijiy texnologiya va uskunalar muvaffaqiyatli amal qilishining zaruriy sharti
sifatida xaridor zavodida ishlab chiqarish infrastrukturasi va yetarli texnik madaniyat
darajasiga ega malakali mutaxassislarning mavjudligi xizmat qiladi. Tajriba
ko’rsatishicha, yangi texnologiya mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarish yaxshi
yo’lga qo’yilgan va tajribali xodimlarga ega bo’lgan uzoq vaqt amal qilayotgan eski
zavodlarda eng qisqa muddatda o’zlashtiriladi.
Ko’p hollarda import texnologiya va uskunalarni o’zlashtirishdagi
jiddiy
o’zgarishlar yetkazib beruvchi va xaridor o’rtasida o’zaro munosabatlarning yaxshi
yo’lga qo’yilmaganligi yoki xaridorning kontrakt imzolashdan oldin o’z
imkoniyatlarini to’g’ri hisobga olmaganligi uchun resurslari yetarli emasligi sababli
vujudga keladi. Bunday holda importerning boshqaruv xodimlarini ishlab chiqarishni
rivojlantirishning uzoq muddatli yo’nalishlarini hisobga olmasdan qisqa muddatli
masalalarni hal qilishga urinishi va uning ishlab chiqarishga umuman yangi
texnologik jarayonlarni tatbiq etish qaltisligiga moyil emasligi natijasida import
texnologiya va uskunalar uzoq vaqt davomida ishlatilmay turadi.
21
Shu bilan birga yangi texnologiyalarni xarid
qilishda oqlanmagan shoshma-
shosharlik kontrakt imzolash chog’ida importerning uskuna imkoniyatlarini to’la
anglamasligiga olib kelish holatlari ham uchraydi. Natijada importer o’zining yetarli
bilimga ega emasligini ko’rsatadi va ushalmagan umidlar og’ushida qoladi.
Import texnologiya va uskunalarni qabul qilish, yig’ish, o’rnatish va
foydalanishga tushirish ishlariga jalb qilingan xodimlarning soni kafolatli sinovlar
yaqinlashishi bilan qisqaradi (3-rasm).
Birinchi bosqichda shartnoma imzolangandan so’ng sotib olingan texnologiya
va uskunalarni mahalliy sharoitlarga moslashtirish ishlariga,
xaridor kadrlarini
o’qitish, uskunalarni qabul qilish yig’ish va o’rnatish uchun maydon tayyorlash
ishlariga, mahalliy va chet el tadqiqot institutlari va universitetlaridan muhandislar,
loyihachilar va texnologlar, qurilish kompaniyalarining mutaxassislari maksimal
miqdorda jalb qilinadi. (3-rasmdagi uchburchak asosi).
Bu davrda odatda uskuna ishlab chiqaruvchilar xaridor xodimlarini o’qitishda
asosiy rol uynaydi,
ilmiy-tadqiqot institutlari, universitetlar, loyiha va kurilish
tashkilotlari esa xorijiy uskunani qabul qilishga tayyorgarlik kurishga xizmat
ko’rsatadilar. So’nggi yillarda texnologik jarayonlar va kompyuterlashtirilgan
agregatlar konstruktsiyalarining murakkablashuvi sababli tajribali importerlar sotib
olingan uskunalarni ishlatishga mutaxassislarni o’qitish va
uni qabul qilish ishlarini
uskuna ishlab chiqarilgan joyda amalga oshirishga katta e’tibor bermoqdalar.
O’qitish agregatlarni o’rnatish joyida, shuningdek xorijiy ishlab chiqaruvchi
korxonalarda ham o’tkaziladi. O’qitish kursiga terotexnologiya - uskunalarga xizmat
ko’rsatish va ta’mirlash tizimini, agregatlarni boshlang’ich materiallar, energiya,
ehtiyot qismlar bilan uzluksiz ta’minlashni tashkil qilishni o’zlashtirish kiradi. Import
Kafolatli sinovlar
Хоdimlarning soni
Uskunani yig’ish
va o’rnatishga
tayyorgarlikni
boshlanishi
Dostları ilə paylaş: