38
etilganda ularga davlatlararo moliyaviy sanoat guruhlari – DMSG maqomi beriladi.
MDH mamlakatlarining TMKlari millati ular ro’yxatdan o’tgan joyiga qarab
aniqlanadi.
Xulosa
Zamonaviy
xalqaro
kompaniyalarning
aksariyat
qismi
transmilliy
korporatsiyalarni namoyon etadi. Tashkiliy shakli bo’yicha ular umumiy mulkchilik
bilan bog’langan aktivlarga egalik qiluvchi kontsernlardir. Ular oldingi
o’tmishdoshlari-kartel, sindikat, trestlardan jiddiy farq qiladi, chunki ularning a’zolari
o’z kapitallarining egasi bo’lib qolar edilar.
Milliy kompaniyani xalqaro kompaniya maqomini
olishga undovchi asosiy
sabablar: tovar aylanmasi o’sishi bilan sotish bozorini va demak foydani ko’paytirish,
ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini qabul qiluvchi mamlakatdagi arzon xomashyo
va ishchi kuchi hisobiga qisqartirish, qabul qiluvchi mamlakat sanoatidan,
kredit-
moliya tizimi, sotish kanallari va infrastrukturasidan foydalanish hisoblanadi.
Uzoq muddatli shartnomalar eksportyorlar kabi importyorlarni ham o’ziga jalb
etadi. Uzoq muddatli shartnomalar eksportyorlarni reklama, xaridorlarni izlash, ko’p
sonli bir martalik shartnomalarni tayyorlash xarajatlarini va shuningdek transport
kompaniyalari bilan uzoq muddatli muntazam kelishuvlar hisobiga transport
xarajatlarini qisqartirish orqali sotish bozori barqarorligini ta’minlaydi.
Uyushmalarni tashkil etish kompaniyalarga (shu jumladan katta bo’lmagan va
o’rta kompaniyalarga ham) eksport ishlab chiqarish
uchun zarur uskunalar bilan
ta’minlash va tashqi bozorga chiqish uchun moliyaviy va boshqa resurslarni
birlashtirish imkoniyatini yaratadi.
TMK faoliyatining samaradorligi 3 manbaga asoslanadi:
- turli mamlakatlarning tabiiy resurslariga, yirik kapital va fan-texnikada
yangilik kiritishga patentlarning ko’pchilik qismiga egalik qilish;
- butun dunyoda mahsuldor yerlar, tabiiy boyliklar, qulay iqlim va arzon ishchi
kuchining optimal kombinatsiyasi asosida o’z korxonalarini joylashtirish afzalligidan
foydalanish.
- xalqaro marketing kontseptsiyasidan foydalanish
asosida baynalmilal ishlab
chiqarishni tashkil etishda xalqaro menejment tajribasidan foydalanish.
TMK millatini aniqlovchi ko’rsatkichlar bo’lib, ro’yxatdan o’tish joyi, shtab-
kvartiraning joylashuvi, aksiyalarni nazorat paketiga ega aksiyadorlarning millati
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: