56
5.3. Milliy kapital eksportini rag’batlantirish
Iqtisodiyotda milliy kapital ortiqchaligi sezilayotgan
davlatlar uning chet elga
chiqarilishini rag’batlantiradi. Davlatning xalqaro kompaniyalar eksport-investitsion
faoliyatini qo’llab-quvvatlashining asosiy shakllari bo’lib
imtiyozli moliyalashtirish;
foydaga soliq kamaytirilishi bilan bog’liq yo’qotishlarni qoplovchi maxsus kreditlash
tizimi; potensial zararlarni sug’urtalashning kengaytirilgan doirasi hisoblanadi.
Oxirgi shakl raqobat erkinligi tamoyilini buzmaganligi va shu tarzda xalqaro
kelishuvlar ta’qiqlash me’yorlarini ostiga tushmasligi sababli keng tarqaldi.
Bundan
tashqari, turli mamlakatlarning davlat organlari o’z eksporterlariga keng axborot
doirasini taqdim etadi.
Xorijiy tadbirkorlik (shu jumladan, kapital) bilan shug’ullanuvchi kompaniyalar
o’z davlatlari ko’magini olishi uchun uchta asosiy shart bajarilgan bo’lishi kerak:
1. Xalqaro kompaniyalarni xorijiy
filiallari foyda keltirishi, ya’ni ularning
texnologiyasi ishonchli, ishlab chiqarishni tashkil qilishi samarali bo’lishi kerak.
2. Xalqaro kompaniyalar xorijiy filiallari qabul
qiluvchi mamlakat iqtisodiy
rivojlanishiga ko’maklashishi zarur. Ularning texnologiyasi qabul qiluvchi mamlakat
mahalliy resurslaridan foydalanishga mo’ljallangan mehnat sig’imli bo’lishi kerak.
3. Xalqaro korporatsiyalar xorijiy tadbirkorligi
bosh kompaniya joylashgan
mamlakat iqtisodiyotiga – ishlab chiqarish, bandlik va h.k. zarar yetkazmasligi kerak.
Masalan, Janubiy Koreya moliya va iqtisodiyot vazirligi kapital chiqib ketishini
to’xtatish uchun ichki kapital qo’yilmalarni xorijga investitsiyalar sharti deb aytdi va
100 mln. dollardan ortiq xorijiy loyihalarni moliyalashtirayotgan milliy kompaniyalar
ichki kapital qo’yilmalar hajmini 20 % ga ko’paytirishni ta’minlashi kerak.
Sarmoyador-mamlakatlar hukumatlari xorijiy tadbirkorlikni rag’batlantirib, o’z
milliy firmalariga nisbiy afzalliklarni amalga oshirishga ko’maklashadi. Masalan,
YEIda investitsiyalarga ko’maklashish dasturi (European Community Investment
Dostları ilə paylaş: