52
4.
Antiqa texnologiyalarni xarid qilish.
Shu maqsadda
xalqaro kompaniyalar
yuqori ilmiy potensialga ega, ya’ni tadqiqot markazlari, universitetlar, texnologik
parklar, intellektual “inson kapitali” mavjud bo’lgan mamlakatlarda (AQSh,
Yaponiya, YEI davlatlari) o’z xorijiy korxonalarini tashkil qiladi.
5.
Faoliyat samaradorligini oshirish.
Xalqaro kompaniyalarning xorijiy
korxonalari faoliyatida masshtab samarasi ustunliklari, vertikal va gorizontal xalqaro
ishlab chiqarish integratsiyasi qo’llaniladi.
Qabul qiluvchi mamlakat davlati TMKning quyidagilarga
yordam berishiga
intiladi:
- ular amal qilayotgan mamlakat ichki va tashqi havfsizligini saqlash;
- aholining optimal real daromad olishiga shart-sharoit yaratish va bandlik
darajasini oshirishni ta’minlash;
- aholi salomatligini saqlash va atrof-muhit muhofazasi;
- madaniyat, texnika, fan, maorif darajasini ko’tarish.
Turli davlatlarning o’z iqtisodiyotiga chet el investorlarini jalb qilish
dasturlarida umumiy belgilarni ko’rish mumkin. Birinchidan, barcha davlatlar
reklama materiallarini tarqatish, maxsus seminarlar, uchrashuvlar,
majlislarni asosan
davlat darajasida o’tkazish yo’li bilan xorijiy kapital jalb qilayotgan mamlakat
“obro’” sini oshirishga intiladi. Ikkinchidan, bu dasturlar xorijiy sarmoyadorlarni
qayd qilishda byurokratik tadbirlarni yengillashtirish va soddalashtirishni nazarda
tutadi. Nihoyat dasturlarda xorijiy investorlarga moliyaviy imtiyozlar berish (bu
rivojlanayotgan va o’tish iqtisodiyoti davridagi mamlakatlar uchun xarakterli) ko’zda
tutiladi.
Qabul qiluvchi mamlakatning o’z iqtisodiyotiga xalqaro kompaniyalarni jalb
qilish bo’yicha tadbirlarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
1) Tartibli tadbirlar – qabul qiluvchi mamlakat hududida xalqaro kompaniyalar
filiallari faoliyatiga ruxsat berish tartibini soddalashtirish bo’yicha ma’muriy va
qonuniy me’yorlarni kiritish.
2) Soliq imtiyozlari – chet el firmalarini soliqdan ozod qilish yoki kamaytirish.
Bu imtiyozlar foydaga soliq solishga tegishli, shuningdek “soliq ta’tillari”
ni kiritish
(xalqaro kompaniya xorijiy filial korxonasini ishga tushirish davrigacha foydaga soliq
solishdan ozod qilish), ijtimoiy sug’urtaga to’lovlardan ajratmalar miqdorini
kamaytirish, kapital repatriatsiyasi va foydani xorijga chiqarishda soliqlardan ozod
qilishda namoyon bo’ladi.
90-yillarda xalqaro kompaniyalar sarmoyalarini jalb qiluvchi mamlakatlar
o’rtasida soliq raqobati keskinlashdi, negaki aynan soliqqa tortish xalqaro
kompaniyalar joylashish o’rnini tobora ko’proq aniqlamoqda. Bunday raqobat qabul
qiluvchi mamlakatlarning iqtisodiyotiga umuman salbiy ta’sir ko’rsatadi, ya’ni davlat
daromadlari va chet el investitsiyalari qisqarishiga olib keladi. 90-yillar oxirida ayrim
xalqaro tashkilotlar (masalan, OESR, YEI) milliy va
xalqaro kompaniyalar uchun
soliq stavkalari o’rtasidagi farqlarni nazorat qilishni o’rnatish maqsadida bu
tashkilotlarga a’zo mamlakatlar soliq rejimini o’rganish uchun ekspertlar ishchi
guruhini tashkil etdilar.
3) Imtiyozli shartlarda subsidiyalar va qarzlar. Bularga mahalliy moliyaviy
tashkilotlarning imtiyozli shartlar bilan xorijiy investorlarga bergan kreditlari,
53
qonuniy hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan amortizatsiya fondiga (firmaning normal
faoliyat ko’rsatishini ta’minlovchi kapital qo’yilmalarni takror ishlab chiqarishni
moliyalashtirishga xizmat qiluvchi maxsus fond) to’lovlarning
qisqartirilgan
muddatlari kiradi. Amortizatsiya fondiga to’lovlarga soliq solinmaydi. Bundan
tashqari, ayrim davlatlar xorijiy investorlarga energiya tashuvchilar uchun haq
to’lashga subsidiyalar va firma xodimlari ish xaqiga subsidiyalar ajratadi.
4) Savdo imtiyozlari import bojlarini kamaytirish yoki ulardan ozod qilishni
ifodalaydi. Eksportga nisbatan savdo imtiyozlari eksportni moliyalash, eksport
kafolatlarini berish va eksport bojlaridan ozod qilishdan iborat.
5) Xorijiy firmalar tadbirkorlik faoliyatiga ko’maklashish. U erkin tadbirkorlik
hududlarini (xorijiy kelib chiquvchi tovarlar odatdagi bojxona to’lovlarisiz ishlab
chiqarilishi, qadoqlanishi, saqlanishi, sotilishi, xarid qilinishi mumkin bo’lgan qabul
qiluvchi mamlakat hududining bir qismi) tashkil qilish; qabul qiluvchi mamlakat
iqtisodiyoti ustuvor tarmoqlari rivojlanishini rag’batlantirish; kontsessiyalarni (davlat
tomonidan xorijiy firmaga o’z mamlakati hududida faoliyat yuritish:
foydali
qazilmalar qazib chiqarish, sanoat korxonalarini qurish va ishga tushirish va boshqa
huquqlarning berilishi) moliyalashtirish, kapitallar bozorida davlat preferentsiyalari,
ITTKIni qo’llab-quvvatlash; raqobatlashayotgan tovarlar va xizmatlar importini
ta’qiqlash; milliy valyutani devalvatsiyadan saqlash choralari; qarz kafolatlari, qoloq
mintaqalar hududida tadbirkorlik faoliyatini rag’batlantirish; xususiylashtirishda
ishtirok etishda namoyon bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: