5-BOB. XALQARO KOMPANIYALARNING DAVLAT BILAN
MUNOSABATLARI
5.1. Davlatning o’z hududida xalqaro kompaniyalar faoliyatiga
yondashish tamoyillari
Davlat xorijiy xalqaro kompaniyalar bilan o’z munosabatlarini vakolatga ega
davlat muassasalari va jamoat tashkilotlarining xalqaro kompaniyalar faoliyatini
barqarorlashtirishga qaratilgan qonunchilik, ijro va nazorat xususiyatidagi tadbirlar
tizimi yordamida tashkil qiladi.
90-yillar oxirlarida ko’p davlatlar milliy hukumatlarining e’tibori xalqaro
moliyaviy oqimlar hajmining keskin ko’payishi va dinamikasining o’zgarishiga
qaratilgan bo’lib, ularga qisqa muddatli moliyaviy majburiyatlar, investitsion oqimlar
va spekulyativ kapital harakati kiradi. Xalqaro kompaniyalar tomonidan amalga
oshiriluvchi moliyaviy oqimlar qabul qiluvchi mamlakatlar iqtisodiyotiga bevosita
ta’sir etadi, va Osiyodagi qator rivojlanayotgan davlatlar achchiq tajribasining
ko’rsatishicha, ularning davlat tomonidan nomuvofiq tartibga solinishi davlatdagi va
dunyodagi makroiqtisodiy vaziyatni izdan chiqarishi mumkin.
Xalqaro kompaniyalar investitsion faoliyatini davlat tomonidan tartibga
solishning eng keng tarqalgan vositalariga milliy firmalar hissadorlik kapitalida
xorijiy investor ulushini cheklash, ishlab chiqarishni boshqarishdagi cheklashlar,
foydani taqsimlashda maksimal ulushni aniqlash, litsenziyalar, patentlar berish
shartlari, buxgalterlik hisobotini tekshirish kiradi. Bundan tashqari, chet el
kompaniyalarining
sanoatning
ayrim
tarmoqlari,
xizmat
sohalariga
(telekommunikatsiya, transport, aloqa, televidenie) kirishi ta’qiqlanadi. Rossiyada,
masalan,
konversiya,
nodir
metallarni
qazib
olish
va
ishlov
berish,
kommunikatsiyalar kabi xalq xo’jaligining strategik tarmoqlari bilan bog’liq
loyihalarda chet el firmalari ishtiroki cheklangan.
Qabul qiluvchi mamlakatda xalqaro kompaniyalarning xorijiy filiallarini tashkil
etish maqsadlarini besh toifaga ajratish mumkin:
1.
Sotish bozorlarini kengaytirish.
Bosh kompaniya qabul qiluvchi mamlakatda
tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish yoki turli xizmatlar ko’rsatishni tashkil etadi.
Bunda chet el korporatsiyasi ishlab chiqarish uchun o’z mahsulotini ishlab chiqarish
texnologiyasini, boshqarish tajribasini va o’z tovar belgisidan foydalanish huquqini
beradi.
2.
Dostları ilə paylaş: